Bil (Biel) — Shveysariya shimolig‘arbidagi shahar, Bern kantonida. Aholisi shahar atrofi bilan qariyb 85 ming kishi. Transport yo‘llari tuguni. Bil ko‘li sohilidagi port. Soatsozlik, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish, poligrafiya, mashinasozlik sanoati korxonalari bor. Bil osma yo‘llar bilan atrofidagi tog‘larga boglangan. Turizm rivojlangan.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Shveysariya shaharlari