Byorns Robert (1759.25.1, Er shahri 1796.21.7, Damfris) — shotland shoiri. Oʻziga xos sheʼriyat yaratgan, bunda mehnatni, xalqni, erkinlikni, begʻaraz, fidoyi sevgi va doʻstlikni ulugʻlagan. "Shotlandlar uchun bryus" vatanparvarlik madhiyasi, "Quvnoq gadolar" kantatasi, fuqarolik va sevgi tarannum etilgan lirik sheʼrlar toʻplami ("Ozodlik daraxti", "Jon Arpa doni" va boshqalar) muallifi. B. oʻz ijodi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan shotland nasriy va musiqiy folklor namunalarini toʻplab nashr ettirgan. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilinganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yilQoʻshiq va balladalar, T., 1971..
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:1759-yilda tugʻilganlar Turkum:1796-yilda vafot etganlar