Beshurugʻ — oʻrtapishar jaydari qovun navi. Palagi ingichka, shakli kalta, tuxumsimon (boʻyi 16—23 sm), ogʻirligi 1,5—2,5 kg, sirti och yashil, sertoʻr, sal tilim-tilim. Poʻsti qattiq, kam et (3,5-4 sm), shirin. Urugʻxonasi katta, urugʻi oʻrtacha, sargʻish. Beshurugʻ tarkibida 12-12,5% qand bor. Hosildorligi 180—220 s/ga. Hosili urugʻi unib chiqqandan soʻng 88-95 kunda pishib yetiladi. Beshurugʻ Fargʻona vodiysida koʻproqekiladi"" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Qovun navlari