Benua Aleksey Leontevich (1838, Peterburg—1903, Krasnovodsk) – rus meʼmori. Peterburg badiiy akademiyasini tugatgan (1865). 1874-yildan Toshkentda Sirdaryo viloyati meʼmori lavozimida ishlagan. Toshkentda Yevropacha shakldagi koʻpgina binolar: Oʻqituvchilar seminariyasi va uning cherkovi (1881, saqlanmagan), Lyuteranlar cherkovi – Kirxa (1892—1906), shahar bogʻida Hunarmandchilik sanoat koʻrgazmasi (1890) pavilonlari va boshqa binolar Benua loyihasi asosida qurilgan.

Tarjimai holi Aleksey Leontevich Benua Sarskoye Selo temir yoʻl jamiyati xodimi Leontiy Leontevich Benua (1801-1885) oilasida tugʻilgan, u meʼmor Nikolay Leontevich Benuaning (1813-1898) jiyani edi. Boʻlajak meʼmorning bobosi Leontiy (Lui-Jyul-Sezar-Ogyust) Nikolayevich Benua (1770-1822) 1794-yilda Fransiyadan kelgan va katta nemis shifokorlar oilasidan boʻlgan fraylin Yekaterina (Anna-Ketrin) Andreyevna Groppga uylangan.

Muqaddas Havoriylar Pyotr va Polning Lyuteran cherkovi qoshidagi nemis Petrishule maktabini tugatgandan soʻng, Aleksey Benua Imperator badiiy akademiyasiga oʻqishga kirdi va 1865-yil 12-sentyabrda „binolarni ishlab chiqarish va oʻzi xohlagan xizmatga kirish huquqiga ega boʻlgan erkin rassom“ unvoni bilan muvaffaqiyatli tugatdi. Benua imperator Aleksandr II ga „uni Turkiston general-gubernatori ixtiyorida xizmat qilishga tayinlashni“ iltimos qildi va uning talabi qanoatlantirildi.

1874-yil iyundan Turkiston general-gubernatori K.P. fon Kaufman devonida „harbiy-xalq boshqaruvi xizmatiga“ kirdi. 1875-yil 8-fevralda Toshkentning barcha qurilishlarga rahbarlik qiluvchi Sirdaryo qurilish-yoʻl komissiyasi aʼzosi etib tayinlanadi.

Aleksey Leontevich Benua ikki yilga (1875-1877) Semirechensk viloyati harbiy gubernatori ixtiyorida Verniy shahriga yuborilgan va u yerda meʼmorchilik va qurilish ishlari bilan ham shugʻullangan.

1878-yilda Turkiston oʻlkasida viloyat boshqarmalari qoshida harbiy muhandislar boshchiligidagi qurilish boʻlimlari tashkil etila boshlagan paytda A. L. Benua Toshkentga qaytib keladi va Sirdaryo viloyati kichik meʼmori lavozimiga tayinlanadi.

thumb|left|320px|Aleksey Benua meʼmorchiligidagi Kogondagi amir Sayid Abdulahadxon saroyi

1879-yil aprel oyida Aleksey Leontevich Benua „oilaviy sabablarga koʻra“ davlat xizmatini tark etdiЭ. Г. Жданов «„Туркестанский“ Бенуа»: В архиве имеется «Дело о неблагонадежности мл. архитектора Бенуа и увольнении его от службы». va shu bilan birga, bir qator holatlarAmakisi professor N.L. Benuaning iltimosiga ko‘ra u imtihonlarga kiritildi, biroq Badiiy akademiyadan kerakli hujjatlar kechikib yuborildi. tufayli 3-darajali rassom unvonini ololmadi.

Toʻrt yilga yaqin Toshkentda xususiy meʼmor boʻlib ishladi. 1882-yil oxirida A. L. Benua yana davlat xizmatiga qaytdi va Samarqanddagi Zarafshon okrugi kichik meʼmori etib tayinlanadi. U yerda toʻrt yil ishladi.

1890-yilda shahar bogʻida kirish eshigi Konstantin xiyoboniga qaragan va Toshkent bosib olinganining 25 yilligini nishonlashga bagʻishlangan hunarmandchilik-sanoat koʻrgazmasi uchun A.L. Benua (muhandis E. P. Dubrovin bilan birgalikda) loyihasi boʻyicha qurilgan pavilonlar ochilgan.

A.L. Benua umrining soʻnggi yillarida Krasnovodskdagi Turkiston bojxona okrugi meʼmori boʻlib xizmat qilgan.

Meʼmor tomonidan loyihalashtirilgan eng mashhur binolar: Buxoro amiri saroyi (Kogon, 1898), Knyaz Nikolay Konstantinovich Romanov saroyi (V.S. Geynselman bilan hamkorlikdagi loyiha, Toshkent, 1891), Lyuteranlar cherkovi (Kirxa) (Toshkent, 1899), Aleksandr Kushtskiy cherkovi (Yangi chinoz, 1893).

A.L. Benua 1902-yil 25-mayda (eski taqvim boʻyicha) Krasnovodskda vafot etdi.

Manbalar

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:1838-yilda tugʻilganlar Turkum:Turkmanboshida vafot etganlar Turkum:Imperator badiiy akademiyasi bitiruvchilari Aleksey Leontevich Turkum:Rossiya imperiyasi meʼmorlari Turkum:Toshkent meʼmorlari Turkum:Oʻzbekiston meʼmorlari