Paxtaorol — Turkiston viloyatining janubiy qismida joylashgan tuman. Maydoni 1,8 ming km² (viloyat hududining 1,5 %). Aholisi 133 539 kishiSayt Yujno-Kazaxstanskoy oblasti. Tuman markazi — Mirzakent qishlogʻi.

Tarixi Oldingi Sirdaryo guberniyasi, Tashqazaq uezining Yirjan boʻlisi parchalanib, shuning asosida 1928-yili 3-sentyabrda Yirjar tumani nomi bilan qayta tashkil etildi. 1930-yilda Paxtaorol nomi berildi. 1997-yili 24-aprelda paxta etishtiruvchi uchta tuman (Asiqata, Jetisay, Paxtaorol) parchalanib, ularning hududi qoʻshilib markazi — Jetisay shahri nomi bilan Paxtaorol tumani tashkil topdi. 2018-yil 5-iyunda Paxtaorol tumani tarkibidan Jetisay tumani ajralib chiqdiУказ Президента Республики Казахстан «Об изменениях в административно-территориальном устройстве Южно-Казахстанской области» от 5 июня 2018 года № 698.

Aholisi Tuman aholisi 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 297,931 kishini tashkil qildi, ularning oʻrtacha zichligi 1 km 2ga 165,5 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanda salmoqli qiymatga ega millatlar: qozoqlar, oʻzbeklar, tojiklar va boshqalar.

Iqlimi Iqlimi kontinental, qishi qisqa va iliq, yozi issiq. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −3-4 °C, iyulniki 28-29 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 200–250 mm.

Korxonalari Tumanda 37 ta korxonalar 2007-yilning 1-choragida 4mlrd 267million tangalik mahsulotlar ishlab chiqarib, shu yilning rivojlanish rejasini 101,6 % bajardi.

Katta qishloqlari Atakent Asiqata, Mirzakent Algʻabas Jalin Besketіk Qizilqum Satbayev

Qishloq xoʻjaligi Tuman dehqonlari 139ming gektar ekinzorning 122744 gektariga paxta, 4834-gektariga gʻalla oʻsimliklari, 5092-gektariga ekinlar, 860-gektariga koʻchatlar, 566,2-gektariga uzum, 5830-gektariga bugʻdoy ekib, hozirgi kunda 1400-tonna bugʻdoy, 29000 tonna koʻkatlar, 37500 tonna mevalarning hosili olindi.

Madaniyat, sport Tumanda madaniy xizmat boʻyicha 30 ta madaniyat uylari, klublar va 36 ta kutubxona bor.

Manbalar

Turkum:Qozogʻiston tumanlari