Oksitan tili, provansal tili — roman tillaridan biri; Janubiy Fransiyada, shuningdek, Italiya shimolida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 10 mln. kishidan ortiq. Laxjalari 2 guruhga bulinadi: shimoliy oksitan (limuzin, overn, provans-alp) va oʻrta oksitan (langedok, pro-vans), shu bilan birga alohida gaskon lahjasi ham mavjud. Oksitan tili fransuz tiliga yaqin bulsada, bir qancha fonetik va morfologik jihatlari bilan undan farq qiladi. Adabiy tili XI asrdan mavjud, XII—XIII asrlarda adabiyot taraqqiyot choʻqkisiga koʻtarilgan. Ana shu davrda bir qancha lahjalarning qoʻshilishidan umumprovansal adabiy tili shakllangan. XIII asrda Pirovansning Shimoliy Fransiyaga qoʻshib olinishi Oksitan tili vazifa doi-rasining keskin qisqarishiga, uning bir necha alohida lahjalarga boʻlinib ketishiga olib keldi. Hozirgi Oksitan tilidagi adabiyot cheklangan holda, koʻpincha ogʻzaki muomalada qoʻllanadi. Yozuvi lotin grafikasi asosida. Kad- yozuv yodgorliklari X—XI asrlarda yaratilgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Oksitan tili (oksitancha talaffuzi: ; fransuzcha talaffuzi: ) yoki Lenga d'òc (; ) roman tillaridan biri boʻlib, unda Fransiya janubi, Italiyaning Oksitan vodiyi, Monako va Ispaniyaning Val d'Aran mintaqasida yashovchi qariyb 2 million aholi gaplashadi. Oksitan tili Kataloniya rasmiy tillaridan biri. Oksitanchaga yaqin til katalan tilidir.
Manbalar
Turkum:Oksitan tili