Toʻqtagʻul () — Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyati Toʻqtoʻgʻul tumaniga qarashli shaharcha, tuman markazi. Bu nom qirg‘iz xalq shoiri Toʻqtagʻul Satilgʻanov sharafiga berilgan. Sobiq nomi - Muztoʻr boʻlgan. 2012-yilda Toʻqtagʻul shaharchasi shahar maqomini olgan. Tarixi 2012-yil 23-mart oyidagi Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatining 198-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy-hududiy islohot konsepsiyasi asosida shaharchaga 2012-yilning 28-sentabrida “Shahar” maqomi berilgan. .
1960-yillarda hozirgi Toʻqtagʻul shahri joylashgan joy qum tepalik va adirliklardan iborat boʻlgan. 1968-1969-yillardan buyon suv ombori qurilishi natijasida ketmontepaliklar katta ziyon ko‘radi, mahalliy aholi o‘z uy-joylarini, go‘zal maskanlarini tashlab, shu qir-adirga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldilar. Ketmontepaning ziyoli, mehnatkash xalqi ko‘p qiyinchiliklarga qaramay, tuman markazi Toʻqtagʻulni shaharga aylantirib bormoqda. 1928-yildan Toʻqtagʻul posyolkasi sifatida tashkil etilgan. 1996—2012-yillarda Toʻqtagʻul posyolka hokimiyati maqomida boʻlganТоктогул шаары жөнүндө.
Aholisi
Aholisi - 16 429 kishi.
Manbalar
Turkum:Jalolobod viloyati
Turkum:Toʻqtoʻgʻul tumani aholi punktlari