Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (qisqartmasi – TATU) 2002-yilgacha Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (qisqartmasi – TEAI) hamda 2002—2017-yillar davomida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nomlari bilan faoliyat yuritgan. Toshkent elektrotexnika aloqa instituti nomi bilan 1955-yilda tashkil etilib, bugungi kunda Universitet axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning 6 ta hududiy filiallarida bugungi kunda 20 ta fakultet va 69 ta kafedra, xususan, TATUda 8 ta fakultet va 28 ta kafedra mavjud.

Universitet va uning hududiy filiallarida bugungi kunda 1000 nafarga yaqin professor-oʻqituvchilar, shundan, 65 nafar fan doktori hamda 350 nafardan ortiq fan nomzodi faoliyat yuritib kelmoqda.

TATU va uning hududiy filiallarida 32 000 nafardan ortiq talabalar 26 ta taʼlim yoʻnalishlari va 37 ta mutaxassisliklar boʻyicha tahsil olmoqda, shundan 14 000 nafardan ortiq talabalar TATUda tahsil olishmoqda.

Universitetda 2023—2024-yillarda mavjud 28 ta kafedralarda 17 ta yangi laboratoriyalar tashkil etildi, jumladan, Uztelecom AK, Radioaloqa, radioeshittirishlar va televidenie markazi DUK, „UNICON.UZ“ MChJ, Elektromagnit moslashuv markazi DUK, Mobiuz, ZTE va boshqa soha korxonalari bilan hamkorlikda 14 ta va Jahon banki mablagʻlari hisobidan 3 ta yangi laboratoriyalar tashkil etildi.

Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida 2022-yilda tashkil etilgan „Registrator ofisi“da „yagona darcha“ shaklida yaratilgan xizmatlar turi bugungi kunda 43 tani tashkil etadi.

Tarixi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1955-yilda tashkil etilgan. 2002-yilgacha Toshkent elektrotexnika aloqa instituti deb nomlangan boʻlib, 2002-yil 30-maydagi PF-3080-sonli Prezident farmoni hamda 2002-yil 7-noyabrdagi Vazirlar Mahkamasining 385-sonli qarori bilan universitetga aylantirilgan hamda 2002—2017-yillar davomida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nomi bilan faoliyat yuritgan. 2017-yilda Toshkent axborot texnologiyalar universitetiga ulugʻ alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi.

1955—1965-yillar

1955-yil 28-iyun – Toshkent elektrotexnika aloqa instituti oʻz faoliyatini boshladi (Sobiq SSSR Aloqa right|framelessvazirining 487-son buyrugʻi bilan) – Rektor vazifasini bajaruvchi N. B. Matskevitch 1957-yil – M. I. Astaxov rektor etib tayinlandi. 1957/1958-yillarda – Radioaloqa va Radioeshittirish fakulteti hamda kechki va sirtqi taʼlim boʻlimlari tashkil etildi. 1961-yil – Institut yangi binoga koʻchib oʻtdi. Oʻquv-ishlab chiqarish bazasi tashil etildi. 1965-yil – Talabalar soni – 4000 nafar, Kafedralar/laboratoriyalar soni – 21 / 40 ta, bitiruvchilar soni – 915 nafar.

1966—1975-yillar 1966—1970-yillarda – Toshkent elektrotexnika aloqa institutida 1900 nafar elektr aloqa muhandislari right|framelesstayyorlandi. 1966-yil – Toshkent zilzilasidan soʻng Institut hududida mashgʻulotlar oʻtkazish uchun 3 ta pavilon tashkil etildi. 1966-yil – Jahon Obidova koʻchasida talabalar uchun har biri 480 oʻrinli 2 ta turar joy binosi foydalanishga topshirildi. 1969-yil – Telefon-telegraf aloqasi fakulteti bazasida Avtomatik elektr aloqa va koʻp kanalli elektr aloqa fakultetlari tashkil etildi. 1972-yil – S. N. Kolesov Institut rektori etib tayinlandi. 1973-yil – Institut hududida 40 xonadonga moʻljallangan uy, ikki qavatli talabalar oshxonasi va hisoblash markazi uchun maxsus 2 ta bino qurildi.

1976—1985-yillar 1976-yil – Toshkent elektrotexnika aloqa institutiga t.f.d., professor, akademik D. A. Abdullaeyev rektor etibright|framelesstayinlandi. 1979-yil – Toshkent elektrotexnika aloqa institutining Fargʻona, Frunze (hozirgi Bishkek), Dushanbe va Olmaota shaharlarida sirtqi fakultetning tayanch punktlari tashkil etildi. 1974-yil – Har yili 400 nafar talaba Oʻzbekistonning, Rossiya, Qirgʻiziston davlatlarida „Talabalar Qurilish Otryadi“ga jalb etilgan. 1979-yil – Toshkent elektrotexnika aloqa instituti kutubxonasi jamgʻarmasi 300 mingdan ortiq kitob va jurnalga ega boʻldi. 1982-yil – Talabalar uchun 3 ta 9 qavatli turar joy binosi foydalanishga topshirildi.

1986—1995-yillar 1986/1987-yildan – Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika fuqarolarini oʻqishga qabul qilish boshlandi. 1990-yil – institutda 27 ta kafedra, 75 ta oʻquv markazi, 17 ta ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, hisoblash markazi va 3 ta kompyuter xonasi, rangliright|framelesstelevizor, oʻquv markazi faoliyat koʻrsatdi. 1991-yil – Termiz shahrida universitet filiali tashkil qilindi. 1991-yil – Institutga 3 ixtisoslik boʻyicha aspirantura tashkil etildi va nomzodlik disertatsiyalarini himoya qilishga ruxsat etildi. 1992-yil – TEAIga t.f.d., professor, akademik Telman Rajabov rektor etib tayinlandi. 1993-yil – TEAI qoshida aloqa zobitlarini tayyorlash uchun maxsus fakultet tashkil etildi. 1994-yil – Institut qoshida Markaziy Osiyo Telekommunikatsiya oʻquv markazi tashkil etildi. 1994/1995-yil – Institutda telekommunikatsiya, televideniya, radioeshittirish va radioaloqa, menejment yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlash boshlandi.

1996—2005-yillar 1996-yil – Aloqa vazirligining buyrugʻi asosida universitetda right|framelessmuhandis-iqtisodchi fakulteti tashkil etildi. 1997-yil – Institut tarkibidagi litsey-internat oʻz faoliyatini boshladi. 1999-yil – Institut 808 ta injener va bakalavrlar tayyorlab, katta hayotga yoʻllanma berdi. 1999-yil – TEAIda magistratura boʻlimi ochildi. 2002-yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan TEAI Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) deb atala boshlandi. 2002/2003-yil – Ikki yangi yoʻnalish va mutaxassisliklar; elekron tijorat va axborot xavfsizligi boʻyicha bakalavr va magistrlar tayyorlash boshlandi. 2005-yil – Qarshi, Nukus, Samarqand, Urganch va Fargʻona shaharlarida TATU mintaqaviy filiallari tashkil etildi.

2006—2015-yillar 2007-yil – TATU qoshidagi „Oʻzbekiston-Koreya axborot almashish“ markazi ochildi. TATU va Koreya milliy axborot agentligi (NIA) bilan right|framelessAnglashuv memorandumi asosida tashkil topgan. 2009-yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qarori bilan TATUda yangi „Televizion texnologiyalar“ fakulteti tashkil etildi. 2010-yil – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Elektronika kafedrasi qoshida NATIONAL INSTRUMENTS texnologiyalari markazi ochildi. 2013-yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1942 Qarori bilan texnika yoʻnalishlariga kirish imtihonlari tarkibiga xorijiy til kiritildi. 2013—2015-yillar – Aholining kompyuter savodxonligini yanada oshirish maqsadida TATU va uning filiallarida „Bunyodkor yoshlar 2013“, „Bunyodkor yoshlar 2014“ va „Bunyodkor yoshlar 2015“ kompyuter savodxonlik guruhlari tashkil qilindi. 2013-yil – Davlat aloqa qoʻmitasining 2013-yil 30-sentyabrdagi 366-sonli "TATU qoshida „Elektron hukumat“ oʻquv markazi yaratish haqida" gi buyrugʻiga asosan oʻquv markazi tashkil qilindi va 9195 nafardan ortiq davlat va mahalliy hokimiyat xodimlari taʼlim oldi.

2016—2023-yillar 2017-yil – Toshkent axborot texnologiyalar universitetiga ulugʻ alloma right|framelessMuhammad al-Xorazmiy nomi berildi. 2018-yil – TATU davlat OTMlari orasida birinchilardan boʻlib taʼlimning kredit tizimiga oʻtildi. 2019-yil – TATU tarkibida Oʻzbek-Belarus qoʻshma axborot texnologiyalari fakulteti tashkil etildi. 2019-yil – TATU va JICA hamkorligida Oʻquv media markazi ochildi. 2020-yil – TATUda „Data Center“ ochildi. 2021-yil – Toshkent viloyatida TATU Nurafshon filiali oʻz faoliyatini boshladi. 2022-yil – TATUda „TUIT Incubation Center“ markazi ochildi. 2022-yil – TATUda Masofaviy taʼlim shaklida talabalar qabul qilindi. 2022-yil – TATUda zamonaviy „F“ oʻquv binosi foydalanishga topshirildi. 2023-yil – TATUda yangi zamonaviy zamonaviy yangi Sport Majmuasi foydalanishga topshirildi.

2024-yil Universitetning B va C binolari toʻliq qayta taʼmirlandi. Universitet foyesi zamonaviy uslub va milliy dizaynda right|framelesstaʼmirlanib yangi qiyofaga ega boʻldi. Bir vaqtning oʻzida 500 dan ortiq talabalarga xizmat koʻrsatuvchi Kutubxona tashkil etilib zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi. Universitetda Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va Sunʼiy intellekt oliy muhandislik maktabi tashkil etildi. „Tarmoq – Korxona – Oliygoh“ tamoyili asosida soha korxonalari bilan integratsiyani taʼminlovchi 14 ta yangi laboratoriyalar tashkil etildi.

2025-yil 28-martdan 8-aprelgacha boʻlib oʻtgan „Oliygoh kubogi“da 3 mingdan ortiq talaba ishtirok etdi. „Kelajak texnologiyalari“ koʻrgazmasiga 1000 ga yaqin ishlanma taqdim etilib, 300 dan ortigʻi finalga saralandi.thumb 2025-yil aprel oyi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan eʼlon qilingan „Muhandislik oyligi“ ning ochilish marosimi 8-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida boʻlib oʻtdi. Mazkur marosimda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, shuningdek, muhandislik yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari va professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.

Xalqaro reytinglardagi koʻrsatkichlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xalqaro nufuzli reytinglarda yildan yilga oʻz oʻrnini mustahkamlab bormoqda. 2024-yilda universitet Times Higher Education (THE)ning Top universitetlar roʻyxatida 1501+ oʻrinda, Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlari universitetlari boʻyicha TOP-5 oʻrinda, Oʻzbekiston Oliy taʼlim muassasalari orasida TOP-3 oʻrinda qayd etildihttps://www.timeshighereducation.com/world-university-rankings/2024/regional-ranking?page=1#!/length/25/locations/UZB/sort_by/rank/sort_order/asc/cols/stats.

thumb

Shuningdek, universitet xalqaro Times Higher Education (THE) tomonidan eʼlon qilingan "Interdisciplinary Science Ranking" (Fanlararo fan reytingi) dunyoning TOP-500 talikdan joy egalladihttps://www.timeshighereducation.com/interdisciplinary-science-rankings#!/length/25/locations/UZB/sort_by/rank/sort_order/asc. Times Higher Education (THE) „Schmidt Science Fellows“ jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ilk bora „Interdisciplinary Science Ranking“ (Fanlararo fan reytingi) natijalarini eʼlon qildi. Unda TATU 401—500-oʻrinni egalladihttps://www.timeshighereducation.com/interdisciplinary-science-rankings#!/length/25/name/tashkent/sort_by/rank/sort_order/asc.

thumb thumb

Nufuzli xalqaro QS reyting tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan 2025-yil uchun Osiyo universitetlarining reytingida (QS Asia University Rankings – 2025) TATU 541—560-oʻrinda qayd etildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining xalqaro QS reytingda eng yaxshi universitetlardan biri sifatida qayd etildi.

QS STARdan 4⭐️ga ega TATUning QS Osiyo universitetlari reytingidagi oʻrni 110 pogʻonaga koʻtarildi. Natijalarga koʻra, TATU Osiyo mintaqasida oʻtgan yilgi 651-700 oʻrnini yangilab, 541-oʻrinni, Markaziy Osiyo OTMlari orasida esa 34-oʻrinni egalladihttps://www.topuniversities.com/qs-stars. thumb Shuningdek, dunyoning universitetlari reyting koʻrsatkichlarini mustaqil metrika orqali baholovchi edurank.org natijalariga koʻra, universitet avvalgi yillarga nisbatan 235 oʻringa yuqoriladi. Ushbu reytingda universitet turli mutaxassisliklarda eng yaxshi universitet sifatida eʼtirof etilgan. Xususan, Axborot texnologiyalar yoʻnalishida jahonda 788 – oʻrinda qayd etilgan boʻsa, Oʻzbekistonda esa Kompyuter muhandisligi, Kiberxavfsizlik, Telekommunikatsiya, Sunʼiy intellekt (AI) kabi fan sohalarida ham 1-oʻrinda qayd etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti UI Green Metric World University Ranking xalqaro reytingida TOP 1000 talikda qayd etildi.