Bangi yoki Bangui — Markaziy Afrika Respublikasi poytaxti, mamlakatning eng yirik shahri. Ubangi daryosidagi port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 790 ming kishi (2014)What is the Capital of Central African Republic?, Map Universal. Bangi fransuz mustamlakachilarining harbiy istehkomi (1894) boʻlgan. Bangi dastlab Ubangi-Shari hududining maʼmuriy markazi (1958-1960 yillarda muxtor Markaziy Afrika Respublikasining poytaxti). Mamlakatning asosiy savdo va sanoat markazi, toʻqimachilik, oziq-ovqat, metallsozlik, taxta tilish sanoati korxonalari mavjud; avtomobil yoʻllari tuguni. Sanʼat va hunarmandchilik milliy markazi. Shahar markazida zamonaviy binolar qurilgan, chekkalarida esa mahalliy kulbalar saqlangan. Geofizika styasi, kinoteatrlar, universitet va muzeylar bor. Bangiga 1889-yilda asos solingan.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Markaziy Afrika Respublikasi