Samarqand viloyati 1887-yil 1-yanvarda sobiq Zarafshon okrugi oʻrnida tuzilgan. Tarkibiga Samarqand, Kattaqoʻrgʻon, Jizzax va Xoʻjand uyezdlari kirgan. Turkiston oʻlkasining janubi-gʻarbida, 65°20' va 71°20' sharqiy uzunlik va 38° va 41° shimoliy kenglikda joylashgan. Shimol, shimoli-sharq va shimoli-gʻarbda Sirdaryo viloyati, sharqda Fargʻona viloyati, gʻarb va janubda Buxoro amirligi bilan chegaradosh boʻlgan.

Maydoni 68 962 kv.km. Aholisi 1897-yilgi aholi roʻyxatiga koʻra, 857 847 kishidan iborat boʻlib, shundan erkaklar – 472 915, ayollar – 384 932, shahar aholisi – 135 568 kishini (umumiy miqdorning 15,7%) tashkil etgan. Aholisining taxminan 68% oʻzbeklar, 23% qozoqlar va tojiklardan iborat boʻlib, shuningdek, ruslar, yahudiylar, loʻlilar, tatarlar, afgʻonlar, hindlar va boshqa yashagan. Oʻtroq aholining asosiy kismini oʻzbek va tojiklar, koʻchmanchi aholi esa qozoqlardan tashkil toptan. Oʻtroq aholi, asosan, dehqonchilik, koʻchmanchi aholi esa chorvachilik bilan mashgʻul boʻlganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Ijtimoiy-iqtisodiy hayoti

Samarqand viloyati shaharlarida kustar hunarmandchilik yaxshi, fabrika zavod sanoati esa, sust rivojlangan. Viloyatda 24 ta paxta tozalash zavodi, 5 ta vino, 2 ta pivo zavodi boʻlgan (1897). Samarqand viloyatidan chetga sholi, paxta, mayiz, quruq meva, un, teri, chorva, jun, ipak, yongʻoq, vino chiqarilgan. Viloyat aholisi Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi koʻplab chiqishlar qilgan. Ayniqsa, 1916-yilgi Oʻrta Osiyo qoʻzgʻolonida viloyat aholisi faol ishtirok etgan (qarang Jizzax qoʻzgʻoloni). 1924-yil Oʻrta Osiyo respublikalarida milliy davlat chegaralanishi oʻtkazilishi munosabati bilan Samarqand viloyati tugatilgan.

Tarixi Samarqand viloyati 1887-yil 13-yanvarda (harbiy boʻlimning 1886-yildagi 1741-son buyrugʻi) tuzilgan, shu bilan birga viloyat hokimiyati tashkil etilgan.

Bu maʼmuriy tuzilishning asosi Zarafshon okrugi boʻlib, uning hududi deyarli butunlay yangi tashkil etilgan viloyat hududiga toʻgʻri kelgan. Zarafshon okrugi 1868-yilda Buxoro amirligining sharqiy qismi bosib olingandan soʻng darhol tashkil etilgan. 1868-yilda Rossiya imperiyasi qoʻshinlari Buxoro amirligidagi ikkinchi yirik va muhim shahar boʻlgan Samarqand shahrini egallab olgan edilar.

1918-yil 30-aprelda viloyat Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibiga kirdi. 1924-yil 27-oktabrda Oʻrta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishi natijasida Samarqand viloyati Sovet Ittifoqining Oʻzbekiston SSR tarkibiga kiritildi.

Hududiy boʻlinishi XX asr boshlarida Samarqand viloyati 4 uyezdga boʻlingan: № Uyezd Uyezd shahri Uyezd shahrigerbi Maydoni, vеrsta² Aholisi (1897), kishi 1 Jizzax Jizzax (15 710 kishi)42x42px25 812,0222 683 2 Kattaqoʻrgʻon Kattaqoʻrgʻon (10 087 kishi)42x42px6 997,6110 006 3 Samarqand Samarqand (55 128 kishi)42x42px7 751,3342 197 4 Xoʻjand Xoʻjand (30 109 kishi)alt=|42x42px20 036,7185 135

Harbiy gubernatorlari Ism-familyasi Unvoni Rahbarlik davri Aleksandr Yafimovich general-leytenant 01.01.1887—29.01.1891 Nikolay Rostovtsev graf, general-leytenant 29.01.1891—23.07.1897 Yakov Fedorov general-mayor 28.08.1897—02.10.1899 Viktor Medinskiy general-leytenant 17.10.1899—12.03.1905 Sergey Gesket general-mayor 12.03.1905—02.01.1908 Aleksandr Galkin general-leytenant 02.01.1908—01.02.1911 Ilya Odishelidze general-leytenant 09.11.1911—1914 Nil Likoshin general-mayor 1914—1917

Aholisi Statistik maʼlumotlarga koʻra, 1887—1888-yillarda Samarqand viloyatida 254 195 kishi istiqomat qilgan. Ulardan 186 532 kishi (yaʼni aholining 73 foizi) oʻzbeklar, qolgan aholini tojiklar, ruslar, arablar, eroniylar va boshqalar tashkil etganSbornik materialov dlya statistiki Samarkandskoy oblasti za 1887—1888 godi. Vipusk 1. Samarkand, 1890, s. 249—250.

1897-yilda Samarqand, Kattaqoʻrgʻon, Xoʻjand va Jizzax uyezdlarini oʻz ichiga olgan Samarqand viloyati aholisi 860 021 kishini (472 443 erkak va 387 578 ayollar), shu jumladan shaharlarda 135 313 (75289 erkak va 60002 ayol) tashkil qilgan. Samarqand viloyati Rossiya imperiyasi qoʻl ostida boʻlgan Turkiston oʻlkasining aholi eng zich joylashgan hududi edi.

1897-yil holatiga koʻra Samarqand viloyati aholisining ona tili boʻyicha taqsimlanishi quyidagicha boʻlgan: oʻzbek – 507.587, tojik – 230.384, qirgʻiz-qozoq – 63.091, sart – 18.073, rus, ukrain, belorus – 14.006, eroniy – 1723, polyak – 1531, yahudiy – 1312, tatar – 460, nemis – 440, arman – 370, boshqalar – 770.

Samarqand shahri aholisi 1897-yilga kelib 55128 kishini tashkil qilgan. 1897-yil holatiga koʻra Samarqand shahri aholisining ona tili boʻyicha taqsimoti quyidagicha boʻlgan: tojik – 36.845, rus, ukrain va belarus – 8393, oʻzbek – 5506, yahudiy – 1169, polyak – 1072, eroniy – 866, nemis – 330, sart – 287, tatar – 165, arman – 159, qashqarlar – 77, qirgʻiz-qozoqlar – 43, boshqalar – 198. Uyezdhttp://demoscope.ru/weekly/ssp/emp_lan_97_uezd.php?reg=820 Oʻzbeklar Tojiklar Qirgʻiz-qozoqlar Sartlar Ruslar Boshqalar Butun viloyatda 59,0 % 26,8 % 7,3 % 2,3 % 2,1 % 1,5 % Jizzax 65,2 % 2,2 % 23,1 % … 7,6 % … Kattaqoʻrgʻon 90,9 % 7,2 % … … 0,04% … Samarqand 48,6 % 36,0 % … 1,1 % 0,1% 2,4 % Xoʻjand 50,9 % 33,3 % 6,2 % 7,8 % 0,2% 1,2 %

Yana qarang Samarqand viloyati gerbi Manbalar

Turkum:Tarixiy viloyatlar Turkum:Samarqand viloyati tarixi Turkum:Samarqand viloyati (Rossiya imperiyasi) Turkum:Oʻzbekiston tarixiy viloyatlari