Jambul viloyati — Qozogʻiston Respublikasi janubidagi viloyat. 1939-yil 14-oktabrda tashkil etilgan. Qozoq xalq oqini Jambul nomiga qoʻyilgan. Maydoni 144,3 ming km2. Almati, Janubiy Qozogʻiston, Qaragʻandi viloyatlari va Qirgʻizistonning Talas, Chuy viloyatlari bilan chegaradosh. Aholisi 1,072,862 kishi (2013), asosan qozoqlar, shuningdek, oʻzbeklar, ruslar, olmonlar, ukrainlar, tatarlar, dunganlar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Markazi — Taraz shahri.

Tabiati thumb|300px|right|Chuning koʻrinishi (poezddan rasmga olingan) Viloyat hududi asosan tekislik. Shimoliy qismini (viloyat hududining uzunligi) Betpaqdala choʻli egallagan. Chu daryosi vodiysidan janubida Moʻyinqum choʻli joylashgan. Viloyat janubi-gʻarbida Qoratov tizmasi (1600 m), sharq va janubi-sharqida Jeltov va Aytov togʻlari (1506 m), janubida Qirgʻiziston tizmasining shimoliy yon bagʻri (4000 m gacha) bor. Shimoliy qismida iqlim keskin kontinental (yanvarning oʻrtacha harorati —10 °C dan — 14 °C gacha, iyulning oʻrtacha harorati 25—27 °C). Yiliga 100–200 mm yogʻin yogʻadi. Togʻ oldi qismlarida iqlim yumshoqroq (oʻrtacha harorat yanvarda —5° dan —8° gacha, iyulda 20—22°). Yiliga 350 mm, togʻlarda 500–600 mm dan 700–900 mm gacha yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 200— 225 kun. Asosiy daryolari: Chu, Talas, Assa. Yirik koʻllari: Balxash (janubi-gʻarbiy qismi), Biyli koʻli, Oqkoʻl. Tekislik va yon bagʻirlardagi surqoʻngʻir tuproqlarda shuvoq-shoʻra oʻsadi; baʼzan taqir va shoʻrxoklar uchraydi. Qumlarda saksovul, 800–1500 m balandliklardagi boʻz tuproqlarda shuvoq-boshoqlilar va chalov-betaga, 1500– 1700 m dan 2000 m gacha balandliklardagi kashtan tuproqlarda togʻ teragi va tyanshan qoraqaragʻayi oʻsadi. 2100 m dan balandda subalp va alp oʻtloqlari bor. Choʻllarda qum yumronqozigʻi, qoʻshoyoq, jayran, yelik, saygʻoq; togʻlarda togʻ echkisi, arhar; yirtqichlardan boʻri, tulki, boʻrsiq; sudraluvchilardan ilon, toshbaqa, kaltakesak; umurtqasizlardan biy, qoraqurt, chayon; koʻl va daryolarda okun (olabugʻa), marinka (qorabaliq), sazan, sudak (oq marka), leshch (toʻrta) kabi baliqlar borViloyat haqida axborot Jambul viloyatining rasmiy saytidan.

Aholisi 2011-yilning 1-yanvarida aholisi 1043,6 mln. kishini tashkil qildi. Jambul viloyati koʻp millatli hisoblanadi, 90 ortiq millat vakillari istiqomat qilishadi.

+Viloyatning milliy tarkibi:QR statistika agenttіgі. Arxiv : QR jәne oblis xalqiniң ұlttiq qұrami (1 tom) Aholi soni 1989 yili % Aholi soni 1999 yili % Aholi soni 2010 yili % umumiy 1038667 100,00 % 988840 100,00 % 1043843 100,00 % Qozoqlar 507302 48,84 % 640346 64,76 % 722627 69,23 % Ruslar 275424 26,52 % 179258 18,13 % 141829 13,59 % Dunganlar 23555 2,27 % 30333 3,07 % 42404 4,06 % Turklar 17145 1,65 % 24823 2,51 % 29354 2,81 % Oʻzbeklar 21512 2,07 % 22501 2,28 % 24986 2,39 % Kurdlar 8796 0,85 % 10855 1,10 % 13220 1,27 % Koreyslar 13360 1,29 % 14000 1,42 % 12452 1,19 % Ozarbayjonlar 11653 1,12 % 10593 1,07 % 12185 1,17 % Tatarlar 16618 1,60 % 12576 1,27 % 10651 1,02 % Qirgʻizlar 5279 0,51 % 4966 0,50 % 7752 0,74 % Olmonlar 70150 6,75 % 11394 1,15 % 6695 0,64 % Ukrainlar 33903 3,26 % 10013 1,01 % 3888 0,37 % Uygʻurlar 2805 0,27 % 2569 0,26 % 2783 0,27 % Chechenlar 881 0,08 % 2438 0,25 % 2548 0,24 % Yunonlar 9273 0,89 % 2024 0,20 % 1637 0,16 % Beloruslar 3986 0,38 % 1481 0,15 % 870 0,08 % boshqalar 17025 1,64 % 8670 0,83 % 7962 0,76 %

Hududiy boʻlinishi

thumb|220px|right|Viloyat markazi Taraz Bayzaq tumani — Sarikemer qishlogʻi Jambul tumani — Asa qishlogʻi Juali tumani — Moʻmishuli qishlogʻi Qoʻrday tumani — Qoʻrday qishlogʻi Merki tumani — Merki qishlogʻi Moʻyinqum tumani — Moʻyinqum qishlogʻi Risqulov tumani — Qulan qishlogʻi Sarisu tumani — Janatas shahri Talas tumani — Qoratov shahri Chu tumani — Toʻlebiy qishlogʻi

Sanoati Jambul viloyatida obikor dehqonchilik va yaylov chorvachiligi bilan birga har xil sanoat tarmoqlari rivojlangan. Fosforit kon-kimyo kombinati (Qoratovda), Tarazda super-fosfat, xrom, rezina buyumlari zavodlari, charm poyabzal korxonasi, jun, tikuvchilik, attorlik fabrikalari (Tarazda), sut va pishloq zavodlari (Taraz, Qoratov, Chu va tuman markazlarida) bor. Metallsozlik — ehtiyot qismlar, kommunal asbob-uskunalar, agregat tuzatish, texnologik metall konstruksiyalari, tuzatish-mexanika (Taraz, Chu, Lugovayada), avtomobil remonti (Granitogorsqsa) zavodlaridan iborat. Gʻisht, gips, koʻprik va temirbeton buyumlari, uysozlik zavodlari, qurilish detallari va konstruksiyalari kombinatlari, mebel fabrikasi (Tarazda), qurilish materiallari kombinatlari (Taraz, Qoratov) bor.

Qishloq xoʻjaligi Qishloq xoʻjaligida chorvachilik hamda dehqonchilik yetakchi tarmoq hisoblanadi. Donli ekinlar, texnika ekinlari (shu jumladan qand lavlagi), sabzavot-poliz va kartoshka, yemxashak ekinlari ekiladi. Bogʻdorchilik, tokchilik rivojlangan. Chorvachilikda asosan mayin junli va yarim mayin junli hamda qorakoʻl qoʻylari boqiladi.

Ijtimoiy soha Jambul viloyati hududidan Taraz— Qoratov—Janatas, Lugovaya—Bishkek, Chu—Moʻyinti temir yoʻl tarmoqlari oʻtgan. Avtomobil yoʻlining asosiy avtomagistrali Toshkent — Bishkek — Olmaota. Havo yoʻllari Tarazni Moskva, Olmaota va boshqa shaharlar, viloyatning tumanlari bilan bogʻlaydi. 3 oliy oʻquv yurti, oʻlkashunoslik muzeyi, 2 drama teatri bor.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Iqtisodi Viloyatning yalpi ichki mahsuloti: 23,8 % — korxona 20,2 % — qishloq xoʻjaligi 16,6 % — avtomabil va aloqa 6,5 % — qurulish mahsuloti 9,2 % — savdo 23,7 % — boshqa sohalar

Manbalar

Havolalar Официальный сайт акимата Жамбылской области Карта области на Рубриконе

Turkum:Qozogʻiston viloyatlari