Oʻzbekiston havo yoʻllari () Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yilda asos solingan davlat aviakompaniyasidir.

Tarixi „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ – xalq xoʻjaligi va aholini aviatsiya xizmati (yuk, yoʻlovchi tashuvlari, maxsus aviaishlar) bilan taʼminlovchi Oʻzbekiston Respublikasi milliy aviakompaniyasidir. Aviakompaniya 1992-yil 28-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov farmoniga binoan tashkil etilgan. Ana shu vaqtdan boshlab samolyot parkini zamonaviylashtirish, yangi aerovokzallar qurish, havodagi harakatni boshqarish tizimini tubdan oʻzgartirish, aerodromlarni yangi zamonaviy texnika bilan taʼminlash, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlovchi baza hamda menejment tizimini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan respublika Fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish davlat dasturi amalga kirdi. Oʻtkazilgan islohotlar Oʻzbekiston aviatsiya transportining xalqaro, iqtisodiy, diplomatik va madaniy aloqalarini rivojlantirishda yetakchi sohalardan biriga aylanishiga omil yaratdi.

Samolyotlar thumb|Airbus A310-300 thumb|Boeing 757-200 thumb|Iljushin Il-76TD

2023-yil Oktabr oyi maʼlumotlariga koʻra kompaniya tarkibida 43 ta samolyot mavjud. + Samolyotlar Oʻzbekiston havo yoʻllarisamolyotlarFaoldagi samolyotlarBuyurtma qilingan samolyotlaryoʻlovchieslatmaFCYJamiAirbus A320-20010——12138150hukumat uchun birBoeing 757-2006——28156184hukumat uchun birBoeing 767-300ER7—1040157207hukumat uchun bir—18246264Boeing 787-824—24222246Ilyushin Il-114-1007———5454Bir saqlanadiAirbus A300-600F2—samolyotlar yukBoeing 767-300F2—samolyotlar yukTotal364

Nofaoliyatdagi samolyotlar Antonov An-24B Antonov An-24RV Airbus A310-300 Avro RJ85 Ilyushin Il-62M Iljuschin Il-76TD Iljuschin Il-86 Jakovlev Jak-40 Tupolev Tu-154B Tupolev Tu-154M

Oʻzaro kod ulashuv Oʻzbekiston havo yoʻllari quyidagi aviakompaniyalar bilan oʻzaro kod ulashuvga kelishgan: Air Baltic Air India Czech Airlines (SkyTeam) Korean Air (SkyTeam) Malaysia Airlines (oneworld) Turkish Airlines (Star Alliance)

Manbalar

Havolalar Rasmiy sayti Turkum:Oʻzbekiston aviakompaniyalari Turkum:Markaziy Osiyo aviakompaniyalari Turkum:Toshkentdagi kompaniyalar