Chust-Paxtakor Futbol Klubi Namangan viloyati Chust tumanida ixtisoslashgan futbol jamoasidir. Klub 1992-2009 yilgi Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Chempionatida 2-Ligasida faoliyat olib borgan. 2010-yildan boshlab Chust-Paxtakor Oʻzbekiston Professional Futbol Ligasining 1-Liga Sharq Mintaqasida kurash olib bormoqda. Chust-Paxtakor oʻz uy uchrashuvlarini Chust shahridagi 5000 muhlisga moʻljallangan Paxtakor stadionida oʻtkazadi.
Oldingi nomlari 1968—1970 – „Chust“ Namangan viloyati. 1995 – „Sardor“ Chust. 2002 – „Paxtakor“ Chust. 2004 – „Chust Paxta“ Chust. 2010—2015 – „Chust-Paxtakor“ Chust.
Klub Tarixi
Chust Paxtakor 1968-yillarda tashkil etilgan. Jamoa musobaqalarda „1-May“ kolxozi nomidan ishtirok etib, bosma nashrlarda Chust (Namangan viloyati) nomi bilan yuritilgan. Turli yillarda turli nomlar bilan atalgan klub 1968-yili Oʻzbek SSR Futbol Ligasida chempion boʻlgan. Oʻsha yillari klub Oʻzbekiston nomi ostida ishtirok etardi va asosiy homiysi Barion Korxonasi edi.
Oʻzbekiston mustaqilligi davrida klub 3 marta (1995, 2002 va 2004) Ikkinchi liganing final bosqichida oʻynagan va ketma-ket 6 ta mavsumni Birinchi ligada (2010—2015) oʻtkazgan. 2016-yilgi mavsum Professional klub sifatida professional va yarim professional musoboqalarda ishtirok etmagan.
Yutuqlari 2013-Oʻzbekiston Birinchi ligasi (9-oʻrin). 1969-SSSR Ikkinchi ligasi – „Oʻrta Osiy“ zonasi „B“ toifa „Sharq“ guruhi (10-oʻrin).
SSSR turnirlaridagi natijalari MavsumTurnirOʻrin1968Oʻzbekiston SSR chempionati, 1-guruh11969SSSR chempionati „B“ toifa „Markaziy Osiyo“ zonasi101970SSSR chempionati „B“ toifa „Markaziy Osiyo“ zonasi15
Manbalar
Havolalar
Chust-Paxtakor Klub oʻyinlari Wildstat maʼlumotlar bazasida Chust-Paxtakor Futbol klublari tarixi Chust-Paxtakor besoccercom
Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari Turkum:Oʻzbekiston futbol klublari Turkum:Oʻzbekiston SSR futbol klublari Turkum:Namangan viloyati futbol klublari Turkum:1968-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar Turkum:1968-yilda tashkil etilgan futbol klublari