Alisher Burxonovich Usmonov (; 9-sentyabr 1953-yil, Chust, Namangan) — rossiyalik oʻzbek tadbirkor, sarmoyador, USM holdings kompaniyasi asoschisi.

Forbes jurnalining ruscha versiyasiga koʻra, Rossiyadagi eng boy biznesmenlardan biri. Alisher Usmonov, shuningdek, The Sunday Times reytingiga koʻra, Buyuk Britaniyaning eng boy rezidentlaridan biri hisoblanadihttps://www.bloomberg.com/billionaires/ . 2022-yilga kelib Usmonovning boyligi 19,5 milliard dollarga yetib, dunyoning eng badavlat 100 kishisi qatoridan joy oldi. Millioner turli xayriyalar ulashish bilan ham shugʻullanib keladi.

Usmonov oʻz boyliklarini Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin metall va togʻ-kon sanoatiga sarmoyalar kirgizish orqali orttirgan. U 2006-yilda „Metalloinvest“ OAJ aktivlarini (Mixaylovskiy GOK va Ural Steel) „Gazmetall“ OAJ (Lebedinskiy GOK va Oskol elektrometallurgiya zavodi) bilan birlashtirgan, Rossiya sanoat konglomerati, Metalloinvestning asosiy aksiyadoridir.

U nashriyotiga egalik qiladi. Shuningdek, Rossiyaning ikkinchi yirik uyali aloqa operatori, Megafonning hammuallifi va dunyodagi eng yirik mis konlaridan biri boʻmish Udokan mis konining egasidir. Usmonov Yuriy Milner bilan hamkorlik qilibKremlin Cash Behind Billionaire's Twitter and Facebook Investments (The New York Times), Digital Sky Technologies („DST“) kompaniyasining eng yirik investoriga aylandi. 2010-yil 16-sentyabrda Digital Sky Technologies (DST) oʻz nomini „Mail.ru Group“ ga oʻzgartirdi. Shuningdek, u bir qator xalqaro texnologiya kompaniyalarining ham aksiyalariga egalik qiladi.

U 2008-yildan 2022-yilgacha 3 marta Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti boʻlganRussian Capitalist Wiki contributors, "Alisher Usmanov" . Russian Capitalist Wiki. Retrieved 19-mart 2014-yil..

2022-yil 28-fevralda Yevropa Ittifoqi Kengashi unga Rossiyaning Ukrainaga bosqini sababli „Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga putur yetkazuvchi yoki tahdid soluvchi harakatlari“ uchun sanksiyalar kiritib, unga Yevropa Ittifoqi boʻylab sayohat qilishni taqiqlab, barcha aktivlarini muzlatgan. Buyuk Britaniya, AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliya davlatlari ham sanksiyalarga qoʻshildi va 2022-yilning 16-martida Usmonov AQShning sanksiya nazorati boʻyicha asosiy roʻyxatidan joy olgan. Shuningdek, keyinroq, Usmonovga Shveysariya, Ukraina va Yangi Zelandiya ham sanksiyalar kiritdi. Yevropa Ittifoqining rasmiy nashri boʻlmish da Alisher Usmonov „Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yaqin aloqada boʻlgan, Putinning sevimli Kremlparast oligarxi“ sifatida tilga olingan.

Alisher Usmonov 1980-yillarda firibgarlik va davlat mablagʻlarini oʻzlashtirishda ayblanib, olti yilni sovet qamoqxonasida oʻtkazgan, biroq keyinchalik hukm bekor qilingan. 2000-yilda u Oʻzbekiston Oliy sudi tomonidan ayblangan. Soʻngra „unga nisbatan qoʻzgʻatilgan ish soxtalashtirilgan va hech qanday jinoyat sodir etilmagan“ deb topilgan.

Hayotining boshlangʻich davri: taʼlim, qamoq, nikoh va ajrim Usmonov Oʻzbekiston respublikasi, Namangan viloyatining Chust tumanida tugʻilgan. Oiladagi toʻrt farzandning eng kattasi boʻlgan Alisherning yoshligi davlat poytaxti, Toshkentda oʻtdi. Chunki uning dadasi Toshkent prokurori sifatida ishlar edi. Usmonov keyinchalik oʻqish maqsadida Moskvaga koʻchib oʻtadi. Dastlab qabul qilina olmaganidan keyin, bir yil oʻtgach, u Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutiga qabul qilindi va uni 1976-yilda xalqaro huquq mutaxassisligi boʻyicha tamomladi. Keyinchalik Toshkentga qaytib kelgan Usmonov da tashqi iqtisodiy uyushma direktori etib tayinlandi.

1997-yilda Usmonov Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya akademiyasini bank ishi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. MGIMO Endowment veb-saytidagi tarjimayi holida Usmonov sotsiologiya fanlari nomzodi darajasiga ega ekanligi qayd etilgan. Ammo, Forbes maʼlumotlariga koʻra, Rossiya Davlat kutubxonasida yoqlangan nomzodlik dissertatsiya matni yoʻq.

1980-yil avgust oyida 26 yoshli Usmonov doʻstlari KGB maxsus boʻlimi tergovchisi Bahodir Nasimov, Oʻzbekiston SSR KGB raisi oʻrinbosarining oʻgʻli Muhammad Amin Nasimovlar bilan firibgarlik, korrupsiya va davlat mulkini oʻgʻirlash, jumladan, armiya zobitini oʻldirishda ayblanib, 8 yilga ozodlikdan mahrum etilganЛатынина Ю. Л. Код доступа // Эхо Москвы, 20.05.2017Обвинения Алишера Усманова в изнасиловании: откуда они взялись и как бизнесмен их опровергал // Meduza, 19.05.2017. Sakkiz yillik qamoq jazosining olti yilini Oʻzbekistonning chekka hududlaridan biridagi qamoqxonada oʻtkazdi. 1986-yilda Usmonov „samimiy tavba“ va „namunali xulq-atvori uchun“ koloniyadan shartli ravishda ozod qilingan. Oradan 30 yil oʻtib (Sovet Ittifoqi parchalanganidan toʻqqiz yildan soʻng) unga nisbatan chiqarilgan hukm 2000-yil iyul oyida, Oʻzbekiston Oliy sudi tomonidan „hukm — adolatsiz, hech qachon jinoyat sodir etilmagan va dalillar uydirma boʻlgan“ deb eʼlon qilindi. Usmonov TASS va Forbesga bu haqida quyidagicha xabar bergan:

Yillar oʻtib Usmonovning jamoatchilik bilan aloqalar firmasi uning sudlanganligi va qamoqqa olingani haqidagi ma’lumotni Vikipediyadan oʻchirib tashlashga harakat qildi.

Alisher Usmonov bolaligida „Uch mushketyor“ asarini oʻqiganidan soʻng, qilichbozlik va mushketyorlar jangiga qiziqib qolgan va qilichbozlik bilan shugʻullana boshlagan. Ikki yillik mashgʻulotdan soʻng, respublikaning qilichbozlik boʻyicha yoshlar terma jamoasiga qabul qilingan va vaqt oʻtgach, sport ustasi boʻlib, SSSR terma jamoasi aʼzosiga aylandi. Oʻsha vaqtda Sport saroyida badiiy gimnastika bilan shugʻullanadigan boʻlajak rafiqasi Irina Viner bilan ilk bor uchrashganAlisher Usmanov: Ya biznesmen ponevole // Комсомольская правда, 19.09.2007.

Musulmon boʻlgan Usmonov 1992-yilda yahudiy, badiiy gimnastika murabbiyi Irina Viner bilan turmush qurdi. Viner Putinga yaqin odam hisoblanib, uni sobiq badiiy gimnastikachi Alina Kabayeva bilan tanishtirgan. 2022-yil 4-mayda Usmonov Irina Viner bilan ajrashish haqida ariza berdi.

Tadbirkorlik faoliyati Putinning aligarx tarafdori

Usmonov Yevropa Ittifoqining rasmiy nashri boʻlgan da „Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ayniqsa yaqin aloqaga ega boʻlgan Kremlparast oligarx“ sifatida tilga olingan. Xabarda shunday deyilgan:

Boshlangʻich faoliyati Usmonov Sovet Ittifoqi parchalanishidan oldingi yillarda plastik qoplar ishlab chiqaradigan xususiy „Agroplast“ kooperativini tuzib, millionerga (dollarda) aylangan edi. SSSR parchalanganidan keyin u yanada boyidi.

Usmonov 1990—1994-yillarda „Interkross“ AJ bosh direktorining oʻrinbosari sifatida ishlab, 1994—1998-yillarda „Interfin“ banklararo investitsiya-moliya kompaniyasini boshqargan. Shuningdek, 1994—1995-yillarda Moskva aviatsiya-sanoat korxonasi bosh direktorining maslahatchisi, 1995—1997-yillarda MAPO-bank raisining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan.

90-yillarning oxirida Usmonov Rossiyaning Gazprom davlat gaz kompaniyasining sarmoyaviy-xolding shoʻba korxonasi Gazprom Invest Holdings bosh direktori boʻlgan va uni oʻn yildan koʻproq vaqt davomida boshqarib, soʻngra 2014-yilda kompaniyani tark etgan.

1994—1998–yillarda Usmonov Interfin banklararo investitsiya-moliya kompaniyasi rahbari sifatida gaz uchun qarzdorliklarni undirgan. 1990-yillar oxirida Usmonov Rem Vryaxirev bilan uchrashdi; „Gazprom“ va „Interfin“ oʻz kuchlari va mablagʻlarini birlashtirib, Oskol elektrometallurgiya zavodi (OEMK) va Lebedinskiy konni qayta ishlash kombinatidagi nazorat paketlarini sotib oldilar va ularni Gazmetallga birlashtirdilar. 2002-yilda Usmonovning Interfin kompaniyasi Gazpromning ushbu kompaniyadagi ulushini sotib oldi va yagona nazorat paketi egasiga aylandi. 2005-yilda Usmonov bilan birgalikda Boris Ivanishvilidan Mixaylovskiy GOKni sotib oldi. 2006-yilda barcha qayd etilgan aktivlar Metalloinvestga birlashtirildi, Anisimov va Vladimir SkochАндрей Владимирович Скоч — депутат Госдумы, меценат и общественный деятель. (dp.ru)Скоч Андрей Владимирович — депутат Государственной думы Российской Федерации шести созывов. (stories-of-success.ru)Биография депутата и руководителя фонда «Поколение» Андрея Скоча (theperson.pro) Usmonov bilan birgalikda uning egalari boʻlishdi. 1999-yilda Vladimir Skochning ulushlari uning oʻgʻli ga oʻtdiАндрей Скоч (pg21.ru)Благотворительные проекты депутата и бизнесмена Андрея Скоча (ktotakoj.ru).

USM Holding va Metalloinvest Usmonov metall va togʻ-kon sanoati, telekommunikatsiya, texnologiya va ommaviy axborot vositalariga asosiy sarmoyalari bilan global konglomerat boʻlgan USMda 49 foiz iqtisodiy ulush va 100 foiz ovoz berish huquqiga ega. USM orqali va individual investor sifatida Usmonov turli manfaatlarga, jumladan temir rudasi va poʻlat, ommaviy axborot vositalari va internet kompaniyalaridagi ulushlarga ega.

U metall sanoatidagi xaridlarini boshqarish uchun biznes sherigi Vasiliy Anisimov bilan asos solgan Metalloinvest kompaniyasining hammuallifidir. 1990-yillardagi ssudalar asosida xususiylashtirish sxemalari orqali imperiyalar ustidan nazoratni qoʻlga kiritgan Rossiya magnatlaridan farqli oʻlaroq, Usmonov bir qator xaridlar orqali „Metalloinvest“ni qurdi. Metalloinvest Rossiyaning metall va togʻ-kon sanoati korxonalarining keng doirasiga egalik qiladi, shu jumladan Lebedinskiy GOK va Mixaylovskiy GOK; Oskol Elektrometallurgical Plant va Ural Steel poʻlat zavodlari va temir metallurgiya ishlab chiqaruvchi korxona - Ural Scrap Company kompaniyalariga ham egalik qiladi.

2006-yildan beri u Gallagher Holdings (hozirgi USM Holdings) Usmonov va hamkorlari USM Holdings metalminingwire.com aktivlariga qo'shilishdi. orqali Avstraliyaning Medusa, Mt Gibson va Aztec Resources konchilik kompaniyalarining ulushlariga egalik qiladi. 2009-yilda Metalloinvest Holding Avstraliyaning oltin ishlab chiqaruvchi Medusa Mining kompaniyasidagi 10,37% ulushini sotib oldi metalloinvest.com.. Usmonov dengiz ostidan oltin va mis qazib olishni rejalashtirgan, Toronto roʻyxatiga kiritilgan (NUSMF) kompaniyasining doktor Mohammed Al Bawanidan keyin ikkinchi yirik aksiyadoridir. U, shuningdek, Gallagher Holdings orqali Perudagi temir rudasi qazib olayotgan Avstraliyaning Strike Resources kon kompaniyasining ulushini ham sotib oldi.

2015-yil noyabr oyida USM kibersport jamoasi Virtus.proga 100 million AQSH dollar sarmoya kiritdi.

2021-yilda USM va Metalloinvest Rossiyaning Kursk viloyatida dunyodagi eng yirik sanoatni tozalashga asoslangan HBI ekologik zavodlaridan birini qurish rejalarini eʼlon qildi.

Udokan Copper 2008-yilda Usmonov Sovet davrida topilgan va dunyodagi eng yirik mis konlaridan biri ekanligi isbotlangan Udokan mis koni litsenziyasini sotib oldi. Geologlarning hisob-kitoblariga koʻra, konda JORC tasnifi boʻyicha 26,7 million tonna mis rudasi bor.

2020-yilda Baikal Mining Company (Udokan Copper deb qayta nomlangan) 1949-yildan buyon olisda joylashganligi va ob-havo sharoiti keskin boʻlgani uchun tegilmagan holda saqlanib turgan Udokan konini qazib olishni boshladi. Udokanning rivojlanishi katodli mis va mis konsentrati ishlab chiqarish boʻyicha kon-metallurgiya zavodining birinchi bosqichini qurish, shuningdek, 12 million tonna rudaga qoʻshimcha ravishda 125 ming tonnagacha mis ishlab chiqarishni oʻz ichiga oladi.

Mail.Ru Group (VK deb qayta nomlangan) 2008-yilda Usmonov Yuriy Milner bilan tanishdi va tez orada DST va VK (Mail.ru Group) aksiyadoriga aylandi.

Usmonov 2013-yilda 17.9 foiz ulushi va 58,1 foiz ovoz berish ulushini 530 million dollarga sotgan vaqtda VKning 25,3% ulushiga va 60,6% ovoz berish ulushiga ega edi.

2013-yilda Usmonov VK orqali Pavel Durovning Vk.rudagi ulushlarini sotib oldi, bu esa Durovga UCP Telegramni daʼvo qilganda Telegram ilovasi nazoratini saqlab qolishga yordam berdi.

Megafon Usmonov 2022-yil mart holatiga koʻra Rossiyaning ikkinchi yirik uyali aloqa operatori MegaFonning asosiy aksiyadori hamdir.

Sarmoyalar roʻyxati