Barak Husayn Obama II (inglizcha: Barack Hussein Obama II; 4-avgust 1961-yilda tugʻilgan) amerikalik siyosatchi, huquqshunos va yozuvchi boʻlib, 2009-yildan 2017-ylga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 44-Prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. Bungacha 1997-yildan 2004-yilga qadar Illinoys shtati senatori, 2005-yildan 2008-yilga qadar esa AQSh senatori (Illinoisdan) vazifalarini bajargan. Demokratlar partiyasi aʼzosi boʻlgan Obama AQShning ilk afroamerikalik prezidenti boʻlgan . Obamadan keyin AQSh Prezidenti Donald Tramp boʻldi.

2009-yil 9-oktyabrida tinchlikparvar siyosati uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlandiThe Nobel Peace Prize 2009.

2012-yilgi saylovda ham gʻalaba qozondiAQShda prezidentlik saylovlari yakuniga yetdi , kun.uz. Shuningdek, Obama uch bestseller kitob muallifi hamdir: Dreams from My Father („Otamdan orzular“) (1995), The Audacity of Hope („Umid jurʼati“) (2006) va A Promised Land („Vaʼda qilingan yer“) (2020).

thumb|Obama, rafiqasi Mishel va qizlari Sasha va Maliya, 2009-yil. Dastlabki hayoti va karyerasi Obama 1961-yil 4-avgustda AQShning Gavayi shtati Gonolulu shahridagi Kapiolani Ayollar va Bolalar Tibbiy Markazida dunyoga kelgan. U Gavayida va AQShning 48 ta qitʼada joylashgan shtatlaridan tashqarida tugʻilgan yagona prezidentidir. Uning onasi oq va otasi qora irqqa mansub. Onasi, Enn Danxem (1942-1995) Kanzasning Uichita shahrida tugʻilgan boʻlib, asosan ingliz, nemis, irland, shotland va uelslik kelib chiqishga ega boʻlganObama (1995, 2004), p. 12.. Otasi Barak Obama Sr. (1936-1982)Maraniss (2012), p. 65: He had been born inside the euphorbia hedges of the K’obama homestead on 18-iyun 1934-yil.Liberties (2012), p. 202: The age of the father is questionable since most of the documents Barack Hussein Obama filled out during his United States student visa was 18-iyun 1934-yil; however, Obama II’s book Dreams of My Father states his birth date was 18-iyun 1936-yil. Check out Immigration and Naturalization Service records, and those documents also indicate the birth date to be 18-iyun 1934-yil, thereby making Obama Sr. twenty-seven at the birth of Obama II instead of the annotated twenty-five on the birth certificate. Keniyaning Luo qabilasiga mansub hamda grant asosida Gavayiga oʻqishga kelgan talaba boʻlgan. Obamaning ota-onasi 1960-yilda Manoadagi Gavayi uiversitetida rus tili darsida uchrashishganObama (1995, 2004), s. 9-10. Scott (2011), s. 80-86. Jacobs (2011), s. 115-118. Maraniss (2012), s. 154-160.. Juftlik 1961-yilning 2-fevralida, Obama tugʻilishidan olti oy avval Vailukuda turmush qurishganScott (2011), p. 86. Jacobs (2011), s. 125-127. Maraniss (2012), s. 160-163..

1961-yil avgusti oxirlarida, Obama tugʻilganidan bir necha hafta oʻtgach, Barak va uning onasi Seattle shahridagi Washington universitetiga koʻchib oʻtishib, u yerda bir yil yashashdi. Bu vaqt davomida Barakning otasi 1962-yilning iyunida Gavayida oʻqishini tamomlab, iqtisod boʻyicha bakalavrlik darajasi oldi. Keyinchalik, Garvard universitetiga grant asosida oʻqishga kirib, u yerni tugatdi va iqtisod boʻyicha magistrlik darajasini oldi. Obamaning ota-onasi 1964-yil martida ajrashishdiScott (2011), s. 87-93. Jacobs (2011), s. 115-118, 125-127, 133-161. Maraniss (2012), s. 170-183, 188-189.. Obama Katta 1964-yilda Keniyaga qaytdi va u yerda uchinchi marta uylandi. U, shuningdek, Keniya moliya vazirligida katta iqtisod tahlilchisi lavozimini bajardiObama „Dreams from My Father a Story of Race and Inheritance“. U oʻgʻli Obamani koʻrish uchun 1971-yil Mavlud bayramidaScott (2011), s. 142-144. Jacobs (2011), s. 161-177, 227-230. Maraniss (2012), s. 190-194, 201-209, 227-230. faqat bir marotaba Gavayiga tashrif buyurgan. U 1982-yili avtomobil halokati tufayli vafot etdi, bu paytda Obama 21 yoshda edi Jacobs (2011), s. 251-255. Maraniss (2012), s. 411-417.. Bolalik chogʻlarini yodga olarkan, Obama bu haqda shunday deydi: „Otamning atrofimdagi odamlarga umuman oʻxshamasligini, yaʼni u qop-qora boʻlsa, onam sutdek oqligini bazorgʻa fahmlaganman“. Nashr etilgan kitoblari

Dreams from My Father (1995) The Audacity of Hope (2006) Of Thee I Sing (2010) A Promised Land (2020)

Audiokitoblar

2006: The Audacity of Hope: Thoughts on Reclaiming the American Dream (Random House Audio) ISBN 978-0739366417

Manbalar

Oʻqish uchun

Kenny, Mary. "Obama shaped more by his WASP heritage than the passion of Martin Luther King, " Independent.ie (7-sentyabr 2014-yil)

Parmar, Inderjeet and Mark Ledwidge. „…'a foundation-hatched black': Obama, the US establishment, and foreign policy.“ International Politics 54.3 (2017): 373-388 online

Havolalar

Barack Obama sayti Prezident Obama maʼmuriyati, Oq Uy

Turkum:1961-yilda tugʻilganlar Turkum:AQSh prezidentlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Grammy mukofoti sovrindorlari Turkum:LGBT huquqlari faollari Turkum:Amerikalik yozuvchilar Turkum:Amerikalik siyosatchilar Turkum:Amerikalik Nobel mukofoti laureatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar