Afrika musulmon ulamolari ittifoqi (UAMS; ) – Afrika musulmon ulamolari tashkiloti boʻlib, unga Said Burhan rahbarlik qiladi. Ushbu tashkilot 2011-yilda tashkil etilgan va qarorgohi Malida joylashgan. Tashkilotning asosiy maqsadi – Afrikadagi musulmon jamoasining intellektual va maʼnaviy jihatdan uyggʻonishida tayanch nuqtaga aylanish.
Ittifoq bilan hamkorlik qiluvchi ulamolar Qizil Xoch tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan konferensiyalarda ishtirok etgan. 2011-yil iyulida ushbu Ittifoq Malida o‘zining ta’sis kongressini oʻtkazish jarayonida Amadou Toumani Toure hamda hukumat vakillari bilan uchrashuv oʻtkazgan.
Gʻoyasi va maqsadlari Tashkilot asoschilarining maqsadi — Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika musulmon olimlari va ulamolarini birlashtiruvchi ittifoq tuzishdan iborat boʻlgan. Ushbu Ittifoq ilmiy tayanch manba boʻlish, Afrika jamiyatida samarali faoliyat yuritish hamda olim va da’vatchilarning jamiyatning barcha qatlamlarini yoʻnaltirishdagi oʻrnini mustahkamlashni koʻzlagan. Shuningdek, tashkilot fatvolarni tartibga solish, qit’ada yuz berayotgan voqea-hodisalarga munosabat bildirish hamda musulmonlarning mahalliy, mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi manfaatlarini ifodalashni maqsad qilgan. Ittifoq afrikalik ulamolar kuch-gʻayratini bir joyga jamlash va musulmonlar jamoasini toʻgʻri va sof islomiy ta’limotlar asosida boshqarish uchun ularning safini birlashtirishga intiladi.
Aʼzolik 2019-yil aprel holatiga koʻra, Ittifoqqa Sahroi Kabirdan janubda joylashgan 46 ta davlatdan 512 nafar ulamo rasman a’zo boʻlgan.
Taʼsis qurultoyi Ittifoqning ta’sis qurultoyi 1432-yilning sha’bon oyining 7–9-kunlari (2011-yil 8–10-iyul) Mali poytaxti Bamakoda boʻlib oʻtgan. Unda 39 ta davlatdan 132 nafar vakil qatnashgan. Qatnashchilar orasida Afrikadan tashqaridagi islomiy tashkilot va muassasalarning aʼzolari hamda kuzatuvchilari, jumladan Islom hamkorlik tashkiloti delegatsiyasi ham boʻlgan. Qurultoy „Tinchlikni mustahkamlashda ulamolarning oʻrni“ mavzusiga bagʻishlandi.
Kelgusi loyihalar Ittifoq yaqin besh yil ichida bir qator loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Bularga quyidagilar kiradi: Bamakoda Ittifoqning bosh qarorgohini qurish; Tashkilotning rasmiy veb-saytini ishga tushirish; Gʻarbiy Afrika uchun hamda Sharqiy va Markaziy Afrika uchun suaxili tilida efirga uzatiluvchi yoʻldosh telekanallarini tashkil etish; Toʻrtta mintaqaviy vakolatxonani ochish va mintaqaviy konferensiyalar oʻtkazish; Afrikadagi ulamolar va ilmiy muassasalarning ma’lumotlar bazasini yaratish; Koʻchmas mulk shaklidagi vaqf investitsiyasini yoʻlga qoʻyish.
Manbalar
Turkum:2011-yilda tashkil etilgan tashkilotlar Turkum:Malida joylashgan tashkilotlar Turkum:Malida joylashgan islomiy tashkilotlar