Alamiddin Ibn Abidin al-Hanafiy (; 1178 — 1251) — Misrda yashagan, Ayyubiylar davrida faoliyat yuritgan misrlik matematikk olim, astronom va muhandis boʻlgan.
Alamiddin Misrda tanilgan misrlik olim Abidin ibn al-Hanafiyning oʻgʻli hisoblanadi. Keyinchalik u Mosulga, soʻngra esa Suriyaga koʻchib oʻtgan va u yerda yashab, muhandislik ishlarining asosiy qismini amalga oshirgan. U 1251-yilda Damashqda vafot etgan.
Al-Hanafiy Yevklidning postulatlari haqida risola yozgan, suv tegirmonlari va istehkomlarni Osi daryosi boʻyida loyihalashtirgan hamda dunyodagi ikkinchi eng qadimiy arab osmon globusini yaratgan. Bu globus — osmondagi yulduzlar va yulduz turkumlarining ularning koʻrinma holatlariga koʻra tasviridir. Osmon globusi Al-Hanafiy tomonidan, avvalo, ayrim astronomik hisob-kitoblar, astrologik maqsadlar va bezak sifatida ishlatilgan. Ori daryosi boʻyidagi uning ayrim suv tegirmonlari va istehkomlari arab dunyosidagi eng yaxshi gidrotexnika inshootlaridan biri hisoblanadi va ularning koʻplari hanuzgacha saqlanib qolgan.
Manbalar
Turkum:13-asr astronomlari Turkum:13-asr matematiklari Turkum:1178-yilda tugʻilganlar Turkum:1251-yilda vafot etganlar