Misr stomatologiya talabalari ilmiy uyushmasi (arabcha: ) nodavlat tashkilot. Uning asosiy maqsadi Misr jamiyatida ogʻiz boʻshligʻi va tish salomatligi toʻgʻrisida jamoatchilik ilmini oshirishdan iborat. Shuningdek butun Misr Arab Respublikasi boʻylab misrlik va chet ellik stomatologiya yoʻnalishi talabalarining ilmiy bilimlari hamda shaxsiy va muloqot koʻnikmalarini („soft skills“) rivojlantirishga qaratilgan gʻoyadir.
Tarixi 1969-yilning sentyabr oyida Iskandariya stomatologiya fakultetining bir guruh talabalari professor, doktor Mahmud Elhadari (oʻsha paytdagi fakultet dekani) bilan birgalikda Xalqaro Stomatolog-talabalar Assotsiatsiyasining (IADS) yillik yigʻilishida ishtirok etish uchun Praga shahriga (oʻsha davrdagi Chexoslovakiya poytaxtiga) tashrif buyurishadi.
Ular IADS hamda uning butun dunyo boʻylab milliy va mahalliy aʼzo tashkilotlari tomonidan yoʻlga qoʻyilgan tadbir va loyihalardan katta taassurot olishadi va ushbu gʻoyani oʻz vatanlariga ham olib kirishga qaror qilishadi.
Keyinchalik, 1970-yilda Misr stomatologiya talabalari ilmiy uyushmasi rasman tashkil etiladi va uning bosh qarorgohi joylashgan oliygoh (Iskandariya universiteti) tomonidan tan olinadi. Oradan ikki yil oʻtib, Xalqaro Stomatolog-talabalar Assotsiatsiyasi DSSA-Egypt tashkilotining toʻlaqonli mamlakat aʼzoligi uchun topshirgan arizasini qabul qiladi.
2005-yilda Tanta universitetining Stomatologiya fakulteti butun dunyo boʻylab misrlik stomatolog-talabalar manfaatini koʻzloʻvchi ushbu milliy uyushmaga qoʻshilishga qaror qiladi. Keyingi yilga kelib, Tanta stomatologiya talabalari ilmiy uyushmasi (TSADS) DSSA-Misrga toʻlaqonli mahalliy aʼzo boʻlish huquqini qoʻlga kiritib, Iskandariyadan keyingi ikkinchi mahalliy aʼzoga aylandi.
Aʼzolik Misr stomatologiya talabalari ilmiy uyushmasiga aʼzolik ikki asosiy toifaga boʻlinadi:
Mahalliy tashkilotlar aʼzoligi — bu toʻlaqonli aʼzolik yoki muxbir aʼzolik boʻlishi mumkin. Yakka tartibdagi aʼzolik — umrbod faxriy aʼzolik hamda koʻmakchi aʼzolik kabi turlarni oʻz ichiga oladi.
Quyida aʼzo boʻlgan mahalliy tashkilotlar roʻyxati keltirilgan: Tashkilot nomiQisqartmasiJoylashuviAʼzolik turiIskandariya stomatolog-talabalar ilmiy uyushmasiDSSA-AlexandriaIskandariyaToʻlaqonli aʼzolikTanta stomatologiya talabalari ilmiy uyushmasiTSADSTantaToʻlaqonli aʼzolikAyn-Shams universiteti stomatolog-talabalar ilmiy uyushmasiDSSA-ASUQohiraToʻlaqonli aʼzolikMinya universiteti stomatolog-talabalar ilmiy uyushmasiDSSA-MiniaMinyoToʻlaqonli aʼzolikSuvaysh kanali stomatolog-talabalar uyushmasiSCDSAIsmoiliyaToʻlaqonli aʼzolikZamonaviy fanlar va sanʼat universiteti stomatologiya qoʻmitasiDCMSA6-Oktabr shahriToʻlaqonli aʼzolikMisrdagi Britaniya universiteti stomatolog-talabalar ilmiy uyushmasiDSSA-BUEQohiraToʻlaqonli aʼzolikKafr ash-Shayx universiteti stomatolog-talabalar ilmiy uyushmasiDSSA-KFSKafr ash-ShayxToʻlaqonli aʼzolikJanubiy vodiy universiteti stomatolog-talabalar ilmiy uyushmasiDSSA-QenaQinaToʻlaqonli aʼzolikSinay universiteti stomatolog-talabalar ilmiy uyushmasiDSSA-SinaiAl-Arish, SinayToʻlaqonli aʼzolikDelta universiteti stomatolog-talabalar ilmiy uyushmasiDSSA-DeltaMansuraToʻlaqonli aʼzolikMisr xalqaro universiteti stomatolog-talabalar ilmiy uyushmasiDSSA-MIUQohiraToʻlaqonli aʼzolikMisr fan va texnologiya universiteti stomatolog-talabalar ilmiy uyushmasiDSSA-MUST6-Oktabr shahriToʻlaqonli aʼzolikArab fan va texnologiya akademiyasi stomatolog-talabalar ilmiy uyushmasiDSSA-AASTAlamein shahriToʻlaqonli aʼzolikMisr-Rossiya universiteti stomatolog-talabalar ilmiy uyushmasiDSSA-ERUBadr shahriMuxbir aʼzolikQohiradagi Badr universiteti stomatolog-talabalar ilmiy uyushmasiDSSA-BUCBadr shahriMuxbir aʼzolikAl-Azhar universiteti stomatolog-talabalar ilmiy uyushmasiDSSA-AzharQohira va AsyutMuxbir aʼzolikMansura universiteti stomatolog-talabalar ilmiy uyushmasiDSSA-MansouraMansuraMuxbir aʼzolikBani-Suvayf shahridagi Nahda universiteti stomatolog-talabalar ilmiy uyushmasiDSSA-NUBBani-SuvayfMuxbir aʼzolikIskandariyadagi Faros universiteti stomatolog-talabalar ilmiy uyushmasiDSSA-PharosIskandariyaMuxbir aʼzolikMisrdagi Kelajak universiteti stomatolog-talabalar ilmiy uyushmasiDSSA-FUEQohiraMuxbir aʼzolikBani-Suvayf universiteti stomatolog-talabalar ilmiy uyushmasiDSSA-BSUBani-SuvayfMuxbir aʼzolikAsyut universiteti stomatolog-talabalar ilmiy uyushmasiDSSA-AssiutAsyutMuxbir aʼzolikZamonaviy texnologiya va axborot universiteti stomatolog-talabalar ilmiy uyushmasiDSSA-MTIQohiraMuxbir aʼzolik Manbalar
Turkum:Misrda sogʻliqni saqlash