thumb|250px|right|Nil havzasi Nil havzasi — Afrika qitʼasining Nil daryosi va uning irmoqlari orqali suvlari oqib chiqadigan hududi.

Afrikadagi ikkinchi eng yirik daryo havzasi boʻlishidan tashqari, Nil havzasi qitʼadagi eng muhim daryo havzalaridan biri hisoblanadi. Uning maydoni 3 112 369 km2ni tashkil etadiThe Nile basin. Irrigation potential in Africa: A basin approach. Rim: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti. 1997.. Bu Afrika hududining taxminan 10 foiziga teng. Havza qurgʻoqchil hududlardan oʻtadi va aholi zichligi yuqoriligi bilan ajralib turadi. 1999-yildan buyon Nil havzasi tashabbusi (NBI) faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu tashabbusning maqsadi havza suv resurslaridan birgalikda foydalanish boʻyicha hamkorlikni mustahkamlashdan iboratNBI Strategy . NBI. 2020..

Havzaning suv yig‘ish hududi Burundi, Chad, Kongo Demokratik Respublikasi, Misr, Eritreya, Efiopiya, Keniya, Ruanda, Janubiy Sudan, Sudan, Tanzaniya va Uganda hududlarini qamrab oladi. Nil havzasi ushbu mamlakatlarning mahalliy aholisi uchun chuchuk suv, elektr energiyasi va baliqning asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Havza taxminan 270 million kishining, yaʼni Afrika aholisining 20 foizining hayotiy ehtiyojlarini taʼminlaydi. Nil daryosi baland tog‘li hududlardan boshlanib, o‘ta qurg‘oqchil mintaqalar, xususan, Sahroi Kabir orqali oqib o‘tadiThe Nile River Basin - an introduction. Waternet. 2017..

Havzaning asosiy suv manbai Buyuk Rift vodiysida joylashgan Viktoriya ko‘li hisoblanadi. Nil havzasida taxminan 238 million kishi istiqomat qiladi. Ulardan 172 millionga yaqini qishloq hududlarida yashaydi. Manbalar

Turkum:Nil Turkum:Misr geografiyasi