Abu Mahmud Hamid ibn al-Xizr al-Xoʻjandiy (Abu Mahmud Xoʻjandiy, al-Xoʻjandiy yoki Xoʻjandiy nomlari bilan tanilgan, fors: ابومحمود خجندی,  — 1000) Movarounnahrlik astronom va matematik boʻlgan. U Xoʻjandda (hozirgi Tojikiston hududi) tugʻilgan va X asr oxirlarida yashagan. Abu Mahmud Xoʻjandiy observatoriya qurilishida yordam bergan, bu observatoriya Ray shahri yaqinida (Tehron yaqinida), Eronda joylashgan edi.

Astronomiya Xoʻjandiy Eronning Ray shahri yaqinidagi observatoriyada Buvayhiy amirlari homiyligida ishlagan. U yerda u 994-yilda Yerning oʻq qiyaligini („ekliptika qiyaligi“) juda aniqlikda hisoblash maqsadida qurilgan birinchi ulkan devorli sekstantni yasaganligi maʼlum.

Abu Mahmud Xoʻjandiy oʻq qiyaligini 994-yilda 23°32’19" ekanligini aniqlagan. U oldingi astronomlar oʻlchovlari yuqoriroq qiymatlarni berganini (hindlar: 24°; Ptolemey 23° 51') qayd etgan va shunday qilib oʻq qiyaligi doimiy emas, balki (hozirda) kamayib borayotganini aniqlagan. Biroq uning oʻq qiyaligi boʻyicha oʻlchovi taxminan 2 daqiqa kichik boʻlgan, ehtimol, ogʻir asbob kuzatuvlar davomida asta-sekin choʻkib borgani sababli shunday boʻlgan boʻlishi mumkinAl-Khujandī, Abū Maḥmūd Ḥāmid Ibn Al-Khiḍr, Complete Dictionary of Scientific Biography, 2008.

Matematika Xoʻjandiy Fermatning oxirgi teoremasining holatidagi maxsus koʻrinishini bayon qilgan, yaʼni tenglama uchun butun yoki ratsional son yechimlar mavjud emas, deb aytgan, ammo u keltirgan isbot notoʻgʻri boʻlgan. Sferik sinuslar qonuni ham Xoʻjandiy tomonidan kashf etilgan bo‘lishi mumkin, biroq uni birinchi bo‘lib u kashf etganmi yoki Abu Nasr Mansur, Abulvafo yoki Nosiriddin Tusiy birinchi bo‘lib kashf etganmi, aniq emasAlso the 'sine law' (of geometry and trigonometry, applicable to spherical trigonometry) is attributed, among others, to khujandi. (The three others are Abul Wafa Bozjani, Nasiruddin Tusi and Abu Nasr Mansur). Razvi, Syed Abbas Hasan (1991) A history of science, technology, and culture in Central Asia, Volume 1 University of Peshawar, Peshawar, Pakistan, page 358, Bijli suggests that three mathematicians are in contention for the honor, khujandi, Abdul-Wafa and Mansur, leaving out Nasiruddin Tusi. Bijli, Shah Muhammad and Delli, Idarah-i Adabiyāt-i (2004) Early Muslims and their contribution to science: ninth to fourteenth century Idarah-i Adabiyat-i Delli, Delhi, India, page 44, .

Manbalar

Havolalar (PDF version)

History of Islamic Science

Turkum:10-asr matematiklari Turkum:10-asr astranomlari