Rashid Ahmad Ludhianviy (; shuningdek Muftiy Rashid Ahmad nomi bilan tanilgan; 26-sentabr 1922 — 19-fevral 2002), pokistonlik ulamo va faqih boʻlib, u Ar-Rashid Trust va Jamiya Tur Rashid tashkilotini Karachi shahrida tashkil etgan. U Dorul Ulum Karachining fiqhiy muassasasi hisoblangan Dorul Ifta Val Irshod boʻlimiga rahbarlik qilgan va Anvaar-ar-Rashid, Javohir-ar-Rashid hamda Allohning isyonkor musulmonlari kabi kitoblar yozgan. Uning diniy-huquqiy fatvolari oʻn jilddan iborat Ahsan ul-Fatavo nomi bilan toʻplangan va nashr etilgan.

Hayoti Rashid Ahmad Ludhianviy oʻzining ustozlari qatorida Husayn Ahmad Madaniy ham boʻlgan Dorul Ulum Deobanddan tahsil olgan.

Faoliyati Ludhianviy taxminan qirq yil davomida Madinatul Ulum, Haydarobod, Jamiya Darul Huda Therhi, Jamiya Dorul Ulum (Karachi) va Dorul Ifta Val Irshod kabi muassasalarda dars bergan. U Dorul Iftoda taʼlim direktori sifatida xizmat qilgan. U hozirda Aid Organization of the Ulema deb ataladigan Ar-Rashid Trust ashkilotini tashkil etgan. Shuningdek, u Karachidagi diniy seminariya boʻlgan Jamiya Tur Rashidga ham asos solgan.

Kitoblari U 150 dan ortiq kitoblar muallifi hisoblanadi, jumladan: Ahsanul Fatava, oʻzining 10 jildlik fatvolar toʻplami. Anvaar-ar-Rasheed Javohir-ar-Rasheed Rasail-ar-Rasheed Har tashvishning davosi Allohning isyonkor musulmonlari

Manbalar