Qutlu Musa maqbarasi (), shuningdek, Xaçındərbətli maqbarasi (; ) — Ozarbayjonning Agʻdam tumanidagi Xaçındərbətli qishlogʻi yaqinida joylashgan maqbara. 1314-yilda arman meʼmori Vardapet Shahik tomonidan bunyod etilgan. Maqbara Agʻdam shahridan 23 km shimolda joylashgan boʻlib, Ozarbayjon Respublikasi madaniy meros obyektlari roʻyxatiga XIV asrga oid Qorabogʻ yodgorligi sifatida kiritilgan.
Maqbara joylashgan Agʻdam tumani Birinchi Togʻli Qorabogʻ urushidan boshlab 2020-yilgacha tan olinmagan Togʻli Qorabogʻ Respublikasi nazorati ostida boʻlgan. 2020-yilda tuzilgan Qorabogʻdagi oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi kelishuvga muvofiq tuman Ozarbayjonga qaytarilgan. 2023-yilda Cornell universitetining Caucasus Heritage Watch tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra hudud armanlar nazorati ostida boʻlgan davrda maqbara yaxshi holda saqlangan..
Meʼmorchiligi
Sanʼat va meʼmorchilik sohasi tarixchilari, jumladan, Samvel Karapetyan, Patrick Donabédian, Leonid Bretanitskiy va Boris Vejmarn ushbu maqbara bilan bundan 13 yil oldin qurilgan armanlarning Yegʻvarddagi Muqaddas Xudoning Onasi cherkovi oʻrtasida, shuningdek, Sagʻmosavank va Gegard monastirlarining tashqi koʻrinishida yaqqol oʻxshashliklar mavjudligini taʼkidlagan. Bu inshootlarda xristian va islom sanʼatining oʻzaro taʼsiri namoyon boʻlib, Kavkaz, Yaqin Sharq va Onadoʻli mintaqalarida sanʼatning oʻzaro bogʻliqligi haqidagi tasavvurlarni kengaytiradi. Meʼmorchilik sohasi tadqiqotchisi Raffi Kortoshianning fikriga koʻra, har ikki inshootdagi bitiklar ularni bir meʼmor — arman ustasi Vardapet Shahik qurganini koʻrsatadi. Xaçındərbətli maqbarasining nomi ham arman meʼmorchiligi taʼsiridan dalolat beradi. Ozarbayjonlik tadqiqotchi Javid Ogʻaning taʼkidlashicha, maqbara nomining birinchi qismi oʻrta asrlarda mavjud boʻlgan armanlarning Xachen knyazligi nomini oʻz ichiga oladi. Ozarbayjonlik olim Elchin Aliyev ham ushbu maqbaralardagi arman meʼmorchiligi taʼsirini eʼtirof etib, ularni ikki xalq oʻrtasidagi madaniy aloqalarni tiklashda muhim vosita sifatida baholaydi.
Maqbara sariq ohaktoshdan qurilgan boʻlib, ustki qismi piramidasimon tom bilan yopilgan. Maqbaraning ichki qismi xochsimon shakldagi dafn etish xonasi va yuqori qismda joylashgan hujradan iborat.
Maqbaraning yuqori qismidagi hujraning kirish joyi ustki qismiga arab yozuvida quyidagi bitik tushirilgan: .
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1314-yilda qurib bitkazilgan binolar va inshootlar Turkum:Ozarbayjonda islom meʼmorchiligi Turkum:Ozarbayjondagi maqbaralar