Gurjulu maqbarasi () — Ozarbayjonning Gubadli tumani Gürcülü qishlogʻida joylashgan XVIII asrga oid tarixiy-meʼmoriy yodgorlik.
Tarixi Yodgorlikda hech qanday yozuv mavjud emas, hatto maqbara dastlab qurilgan paytida ham butunlay yozuvsiz boʻlgan boʻlishi ham mumkin. Shu sababli yodgorlik tarixini oʻrgangan tadqiqotchilar maqbara qurilgan davrni aniqlashda, asosan, meʼmoriy xususiyatlarga tayanganlar. Abdulvahob Salamzodaning fikricha, maqbaraning qurilgan davrini aniqlashga yordam beradigan asosiy belgilardan biri kirish qismining oldinga boʻrtib chiqqan kichik portal shaklida ishlanganidir. Bunday yechim XVII asrda Ozarbayjonda bunyo etilgan maqbaralar meʼmorchiligiga xos. Portalni yakunlovchi ravoq shakli ham shu davr uchun xarakterlidir. Garchi bunday ravoqlar qadimdan maʼlum boʻlgan boʻlsa-da, ular faqat XVII asrdan boshlab bezak elementi sifatida qoʻllanila boshlagan.
Meʼmorchiligi A. Salamzodaning yozishicha, Gurjulu maqbarasi bir qator oʻziga xos meʼmoriy xususiyatlari bilan Ozarbayjondagi sakkiz qirrali maqbaralar orasida alohida oʻrin egallaydi. Uning asosiy xususiyati binoning asosiy qismidan chodirsimon tomga oʻtish usulida namoyon boʻladi. Meʼmor muqarnas shaklidan foydalanib, oʻziga xos karnaysimon tuzilma yaratgan. Shu tariqa sakkiz qirrali asosdan halqa vositasida olti qirrali chodirsimon tomga oʻtilgan.
Kirish qismida past eshik oʼrnatilgan boʼlib, bu orqali meʼmor oʻzidan oldingi meʼmorlar yaratgan anʼanalarni saqlab qolgan.
Manbalar
Adabiyot
Turkum:Ozarbayjonda islom meʼmorchiligi Turkum:Safaviylar meʼmorchiligi Turkum:Islomiy maqbaralar