Ismoiliya muhofazasi () — Misrning Kanal hududidagi muhofazalaridan biri. Mamlalarning shimoli-sharqida joylashgan. Maʼmuriy markazi Ismoiliya shahri. Nomini Usmoniylar imperiyasining Misrdagi xedivi boʻlgan va Suvaysh kanali qurilishi davrida mamlakatni boshqargan Ismoil Poshodan olgan. Muhofaza Kanal hududidagi boshqa ikki muhofaza — shimolda joylashgan Port-Said va Suvaysh muhohazalari orasida oʻrnashgan.

Maʼmuriy boʻlinishi

Muhofaza munitsipal boʻlinmalarga ajratilgan boʻlib, 2023-yil yanvar holatiga koʻra umumiy taxminiy aholi soni 1 479 511 kishini tashkil etadi. 4 ta qism, 5 ta markaz va 1 ta yangi shahar bor.

Umuman olganda maʼmuriy boʻlinmalari yettita: maʼmuriy markazi Ismoiliya , Tall al-Kabir, Abu Suvir, Qasosin, Fayid, Qantara Gʻarb and Qantara Sharq.

+ Munitsipal boʻlinmalari Oʻzbekcha nomi Asl nomi Arabcha transliteratsiyasi Aholisi(2017-yil iyul tax.) TuriAbu Suvir 221,994 Markaz Ismoiliya 170,065 Markaz Ismoiliya 1 49,859 Qism (toʻliq shahar) Ismoiliya 2 264,376 Qism (toʻliq shahar) Ismoiliya 3 131,422 Qism (toʻliq shahar)Al-Qantara Gʻarb 162,101 MarkazAl-Qantara Sharq 62,600 Markaz Yangi Qasosin 120,788 Yangi shaharTall al-Kabir 111,635 Markaz Fayid 147,562 Markaz

Aholisi

Aholi soni boʻyicha taxminlarga koʻra, 2015-yilda muhofaza aholisining aksariyati qishloq joylarda istiqomat qilgan; urbanizatsiya darajasi esa atigi 45,4 foizni tashkil etgan. Muhofazada yashovchi taxminan 1 479 511 kishidan 807 813 nafari qishloq hududlarida, 671 678 nafari esa shahar hududlarida yashagan.

Shaharlari va shaharchalari 2017-yil holatiga koʻra, Ismoiliyadagi yettita shahar (yoki shaharcha)da 15 000 dan ortiq aholi istiqomat qilgan.

+ 15 000 dan ortiq aholiga ega shaharlar va shaharchalar Oʻzbekcha nomi Asl nomi Arabcha transliteratsiyasi Aholini roʻyxatga olish (1996-yil noyabr) Aholini roʻyxatga olish (2006-yil noyabr) Aholisi(2017-yil iyul taxm.)Abu Suvir al-Mahata 18,331 24,265 29,476Ismoiliya 255,134 293,184 386,372Yangi Qasosin 11,948 15,611 22,000Tall al-Kabir 31,410 26,891 37,000Fayid 15,652 21,808 31,545

Sanoat zonalari Investitsiyalar va erkin zonalar boʻyicha boshqaruv organi (GAFI) maʼlumotlariga koʻra, Ismoiliyada quyidagi sanoat zonalari joylashgan: Sanoat zonasiAbu-Xalifa sanoat zonasiSharqiy Qantara sanoat zonasiBirinchi va ikkinchi sanoat zonasiTexnologiya vodiysi sanoat zonasi

Yillik kinofestival Hoshim El Nahas Ismoiliya xalqaro hujjatli va qisqa metrajli filmlar kinofestivaliga asos solgan. Dastlab u festivalni Al-Uqsurda tashkil etishni rejalashtirgan edi, biroq keyinchalik festival Ismoiliya muhofazasida oʻtkazila boshlandi. Festival Madaniyat vazirligi, Ismoiliya muhofazasi, Milliy kino markazi va boshqa homiylar tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.

Ismoiliya kanali Ismoiliya muhofazasi Suvaysh kanali boʻyida joylashgan boʻlib, uning hududidan oʻtuvchi Ismoiliya kanali Qohira yaqinidagi Nil daryosidan boshlanib, Timsoh koʻli boʻyidagi Ismoiliya shahrida Suvaysh kanaliga tutashadi. Ismoiliya kanali Suvaysh kanali qurilishi davrida ishchilarni chuchuk suv bilan taʼminlash maqsadida bunyod etilgan. Suvaysh kanali maʼmuriyatining bosh qarorgohi Ismoiliya shahrida joylashgan.

Mojarolar va urushlar 1967-yildan 1970-yilgacha Ismoiliya urush hududiga aylandi va Isroil bilan boʻlgan toʻqnashuvlar natijasida zarar koʻrdi. Ismoiliya va uning atrofida koʻplab janglar, jumladan, mojaroning soʻnggi bosqichida Ismoiliya jangi boʻlib oʻtdi. 1973-yilda Misr va Isroil oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvi imzolangach, hududda qayta tiklash ishlari boshlandi.

Baliqchilik punktlari Ismoiliyada bir nechta rasmiy baliqchilik punktlari mavjud. Ulardan biri Timsoh koʻlida, ikkinchisi esa Achchiq koʻlda joylashgan.

BMTning barqaror rivojlanish dasturi 1992—1997-yillarda amalga oshirilgan va muvaffaqiyatli natija bergan „Barqaror Ismoiliya dasturi“ (SIP)dan soʻng, Birlashgan Millatlar Tashkiloti loyiha koʻlamini kengaytirib, uni butun Ismoiliya muhofazasini qamrab oladigan „Barqaror Ismoiliya muhofazasi dasturi“ (SGIP)ga aylantirdi. Dasturning maqsadi — mahalliy hamkorlar bilan birgalikda Ismoiliyadagi jamoalarning turmush sharoitini yaxshilashdan iborat.

Manbalar

Adabiyotlar „Ismailia — Egyptʼs Garden City“ , Community Times Magazine Water Polo Legends: 1930’s in Ismailia, Egypt

Havolalar

Official Ismailia Governorate Ismailia Governorate — Tourism Tour Egypt, Ismailia Governorate Sites Supreme Council of Antiquities, Ismailia Museum El Watan News of Ismailia Governorate

Turkum:Misr muhofazalari