Sunan Valilanang – „Babad Tanah Jawi“ (Yava yeri tarixi) qoʻlyozmalariga koʻra, Indoneziya afsonalarida Yava orolining tub aholisi – mamlakatning eng yirik etnik guruhi boʻgan yavaliklar orasida Islomning asosiy din sifatida tarqalishiga hissa qoʻshgan „Vali Sanga“ (toʻqqiz avliyo)dan biri deb e’tirof etiladi.

Sunan Valilanang Sunan Girining otasi. Shayx Sunan Valilanangning yana bir ismi – Shayx Mavlono Isʼhoq. Sunan Vali Lanangning Yavaga aniq qachon kelgani hozircha noma’lum. „Babad Gresik“ (Gresik xronikasi)ga koʻra, u Gresikga yetib kelgach, birinchi boʻlib Ampel Denta tomon yoʻl olgan. Boshqa manbalarda esa Sunan Valilanang u yerga Sunan Ampeldan keyin kelgani qayd etiladi. Sunan Valilanang Gresikda Islom dinini targʻib qilishni dastlab 1404–1435-yillar oraligʻida boshlagan. Targʻibotining ikkinchi bosqichi esa 1435–1463-yillarga toʻgʻri keladi.

Adabiyotlar

Yana qarang Indoneziyada Islom Indoneziyada Islomning tarqalishi Manbalar

Turkum:Indoneziyada Islom tarixi Turkum:Wali Sanga