Doniyor Baxtiyorovich Qodirov — Oʻzbekiston davlat arbobi, general-mayor, 2026-yil 12-oktyabrdan Sirdaryo viloyati hokimi.
Faoliyati 2018–2019 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshligʻi, 2019-yilda Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi boshligʻi, 2019–2021-yillarda Ichki ishlar vazirining turizm va transport obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha birinchi oʻrinbosari.
2021–2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari, 2023–2025-yillarda maslahatchisi, 2025-yil iyuldan Prezident Administratsiyasining Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi boʻlimi rahbari.
Shuningdek, Oʻzbekiston oʻq otish sporti federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti sifatida ham faoliyat yuritgan.
2026-yil 12-oktyabrda Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston generallari