Rafael Pereira da Silva (odatda shunchaki Rafael yoki Rafael da Silva nomi bilan tanilgan; 1990-yil 9-iyulda tugʻilgan) — braziliyalik sobiq professional futbolchi, oxirgi marta Braziliya A Seriyasining „Botafogo“ klubida toʻp surgan. U asosan oʻng qanot himoyachisi sifatida toʻp surgan boʻlsa-da, baʼzan yarim himoyachi pozitsiyasida ham oʻynagan.
Rafael va uning egizak ukasi Fabio oʻz faoliyatini „Fluminense“ klubida boshlagan, soʻngra 2008-yilning yanvarida „Manchester United“ klubi safiga qoʻshilgan. Angliyadagi yetti yillik faoliyati davomida uch karra Premyer-liga chempioni boʻlgan Rafael 2015-yilning avgust oyida 2,5 million funt sterlinggacha boʻlgan toʻlov evaziga „Lyon“ klubiga oʻtgan.
Rafael Braziliya milliy terma jamoasi safida ikki bor maydonga tushgan boʻlib, oʻz debyutini 2012-yil 26-mayda Daniyaga qarshi kechgan uchrashuvda (3:1 hisobidagi gʻalaba) oʻtkazgan. U, shuningdek, Braziliyaning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida ham toʻp surgan hamda 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoa tarkibida boʻlgan.
Yoshligi Rafael Rio-de-Janeyro shtatidagi Rio-de-Janeyro shahridan avtomobilda taxminan bir soatlik masofada joylashgan Petrópolis shahrida tugʻilgan va besh yoshidan futbol oʻynay boshlagan. U faoliyatini „Boa Esperansa“ havaskor jamoasida hujumchi sifatida boshlagan Keyinchalik u va uning bir tuxumli egizagi Fabioni oʻz mahallalarida mini-futbol oʻynab yurganlarida „Fluminense“ klubi vakili payqab qolib, ularni klubga taklif qilgan va ular 11 yoshidan u yerda yashay boshlaganlar.
Oʻyin uslubi Rafael oʻzining sergʻayrat oʻyin uslubi uchun egizak akasi Fabio bilan birga eʼtirof etilgan hamda Ser Aleks Fergyuson tomonidan „ajoyib futbolchi“ deb taʼriflangan. Ularning iqtidorini payqagan „Manchester United“ akademiyasining sobiq menejeri Les Kershaw bu juftlikni „ikki jajji vippet (chopqir tozi)“ga qiyoslab: „Yiqitishsa ham, darhol oyoqqa turib, oʻyinni davom ettirishardi. Ular sakrayotgan koptokdek edi… juda va juda tezkor“, — deya olqishlagan. „The Times“ nashri esa ularni „Braziliyaning aka-uka Nevillarga (Gary va Phil Neville) javobi“ deb atagan.
Yutuqlar
Manchester Yunayted
Angliya Premyer-ligasi: 2008–09, 2010–11, 2012–13 Angliya liga kubogi: 2009–10 Angliya Superkubogi: 2008, 2011, 2013 FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati: 2008
Botafogo
Braziliya B seriyasi (Campeonato Brasileiro Série B): 2021 Libertadores kubogi: 2024 Braziliya A seriyasi (Campeonato Brasileiro Série A): 2024
Braziliya U17
17 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Janubiy Amerika chempionati: 2007 Braziliya U23
Olimpiada kumush medali: 2012
Izohlar
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Manchester United F.C. oʻyinchilari Turkum:Olympique Lyonnais futbolchilari Turkum:İstanbul Başakşehir F.K. futbolchilari Turkum:Botafogo FR futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Serie A (Braziliya) futbolchilari Turkum:Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi braziliyalik muhojir sportchilar Turkum:Fransiyadagi braziliyalik muhojir sportchilar Turkum:Turkiyadagi braziliyalik muhojir sportchilar Turkum:Copa Libertadoresda gʻolib bolgan futbolchilar Turkum:Braziliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Braziliya yoshlar milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:2012-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari medal sovrindorlari Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar Turkum:Braziliyalik egizaklar