Tarxuna (, ) — bu gruzinchaThe Georgian Feast by Darra Goldstein p.43, University of California Press, 1999 gazlangan tarxun (estragon) va/yoki xushboʻy asperula taʼmli alkogolsiz ichimlik boʻlib, ilk bor 1887-yilda gruzin farmatsevti Mitrofan Lagidze tomonidan Kutaisida yaratilgan.

Mitrofan Lagidze oʻzi ishlab chiqargan tabiiy siroplar bilan birga Kavkaz estragoni ekstrakti boʻlgan xushboʻy chuxpuchni gazlangan suvga qoʻsha boshladi. Birinchi jahon urushi boshlanishidan avval Lagidze oʻzi ishlab chiqargan suvlari uchun xalqaro koʻrgazmalarda bir necha bor oltin medallarni qoʻlga kiritgan. 1927-yilda sovet hokimiyati Tbilisida „Lagidze suvi“ni ishlab chiqarish zavodini qurdi va Lagidzening oʻzini unga direktor etib tayinladi.

Tarqalishi

2019-yil holatiga koʻra, Tarxuna Gruziyada Nataxtari, Zedazeni va Lagidze kabi bir nechta brendlar tomonidan ishlab chiqariladi. Litvada esa Selita Klasika kompaniyasi tomonidan Tarchunas nomi bilan chiqariladi. Rossiyada esa ishlab chiqaruvchilardan biri OAO Narzan tomonidan ichimlik Ledyanaya Zhemjushina brendi ostida ishlab chiqariladi. Bu ichimlik umumiy SSSR bozorida birinchi marta 1981-yilda paydo boʻlgan. Sinov partiyasi SSSR Fanlar akademiyasi Bosh botanika bogʻi hududida standart 0,33 litrli butilkalarda sotilgan. Keyinchalik uning retsepti oziq-ovqat sanoati korxonalariga topshirilgan va 1983-yildan boshlab „Tarxun“ 0,33 va 0,5 litrli butilkalarda SSSRning koʻplab respublikalari va RSFSRning maʼmuriy hududlarida sotila boshlandi. Hozirda u Gruziya, Armaniston va Rossiyadagi eng mashhur ichimliklardan biridir.

Savdo belgisi maqomi OÜ Acerra va AS Tallinna Karastusjoogid oʻrtasidagi savdo belgisi boʻyicha nizoda Estoniya Iqtisodiyot va kommunikatsiyalar vazirligi „Tarxun“ soʻzi ichimlik uchun tavsiflovchi atama ekanini va shu boisdan Estoniya Respublikasi qonunlariga koʻra savdo belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazib boʻlmasligini aniqladi. Estoniyada bir xil alkogolsiz ichimliklar rastasidan ham Estoniyada, ham Rossiyada ishlab chiqarilgan Tarxun ichimliklarini topish mumkin edi. Chunki bu ichimlik har ikkala mamlakatda ham turli kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilib, shishalarga qadoqlangan, biroq ularning retseptlari bir-biridan biroz farq qilgan. 2015-yilda Tarxunning mahalliy ishlab chiqaruvchisi va distribyutori boʻlgan Estoniyaning AS Tallinna Karastusjoogid kompaniyasi oʻz faoliyatini toʻxtatdi. Uning egasi AS Haljas esa ishlab chiqaruvchining ismi va qaysi mamlakatdan ekani nomaʼlum boʻlib qolgan „xorijiy investorga“ sotdi.. 2019-yil holatiga koʻra, Estoniya doʻkonlarida Gruziya, Litva va Rossiyada ishlab chiqarilgan turli tarxuna limonadlari sotiladi, biroq bu brendlarning hech biri mamlakatdagi aksar savdo tarmoqlarida toʻliq tarqalmagan.

Yana qarang Dyushess (ichimlik) Lagidze suvi Borjomi (suv)

Manbalar

Turkum:Gruziya Turkum:Gruziyadagi mineral suv brendlari Turkum:Sovet brendlari Turkum:Gruziya brendlari