Sarıca posho masjidi () yoki Saruca posho masjidi — Usmoniy sultonlar Murod II va Mehmed Fotih hukmronligi davrida vazir lavozimida xizmat qilgan Sarıca posho tomonidan XV asrda qurilgan masjid. Turkiyaning Edirne viloyati markazida joylashgan.

Sarıca posho masjidi deyarli kvadrat shaklidagi toʻgʻri toʻrtburchak tarh asosida qurilgan. Masjid qurilishida gʻisht, yoʻnilgan tosh va silliq kesma toshdan foydalanilgan. Yon va qibla devorlarida uch juft deraza boʻlib, yuqori qatordagi derazalar rangli oynalar bilan bezatilgan. Masjid qabristonida Usmoniylar bosh vaziri Merzifonlu Qora Mustafo posho hamda vazir Malak Ibrohim poshoning qabrlari joylashgan.

Edirne viloyat Vaqflar boshqarmasi tomonidan 2016-yilda boshlangan masjidni taʼmirlash ishlari bir yil oʻtib yakunlangan. Masjid 2017-yil 16-iyun kuni juma namozidan soʻng ibodat qiluvchilar uchun qayta ochilgan. Ochilish marosimida ishtirok etish uchun Merzifondan kelgan Merzifon meri Alp Kargı boshchiligidagi delegatsiya oʻz vatani — Merzifondan olib kelingan tuproqni Usmoniylar bosh vaziri Merzifonli Qora Mustafo poshoning maqbarasi ustiga qoʻygan.

Manbalar

Turkum:Adirnadagi masjidlar Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar Turkum:15-asrda qurib bitkazilgan masjidlar