Iskandariya muhofazasi (, Muḥāfaẓat al-Iskandarīyah) — Misr muhofazalaridan biri. Iskandariya shahri tarixan Misr poytaxti boʻlgan; keyinchalik Qohira tarkibiga singib ketgan Fustat shahri asos solingunga qadar ushbu maqomni saqlab qolgan. Bugungi kunda ushbu muhofaza ahamiyati jihatidan Qohira muhofazasidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. U mamlakatning shimoliy qismida, bevosita Oʻrta yer dengizi sohilida joylashgan boʻlib, Misrdagi eng muhim portlardan biriga ega.
Qohira, Port-Said va Suvaysh qatori, Iskandariya ham Misrdagi toʻrtta shahar-muhofazadan biri. Maʼmuriy markazi — mamlakatdagi ikkinchi eng yirik shahar boʻlgan Iskandariya shahri. Muhofaza Nil deltasi shimoli-gʻarbidagi Oʻrta yer dengizi sohili boʻylab taxminan 70 km masofaga choʻzilgan. U shimolda Oʻrta yer dengizi, janub va sharqda Buhayra muhofazasi hamda gʻarbda Matroʻh muhofazasi bilan chegaradosh. Muhofazaning umumiy maydoni deyarli 2818 km² ni tashkil etadi. U Misrdagi eng muhim portga ega boʻlib, aholisi toʻrt yarim milliondan ortiq (2015-yil mart holatiga koʻra 4 799 740 kishi) va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 1700 kishini tashkil etuvchi (Markaziy safarbarlik va statistika agentligi — CAPMAS maʼlumotlariga koʻra) mamlakatdagi ikkinchi eng yirik shahar-muhofaza hisoblanadi. Iskandariya oʻziga xos geografik joylashuv va moʻtadil iqlimga ega. Shuningdek, u sanoat muhofazasi hisoblanib, bu yerda Misr sanoatining 40 foizi, xususan, kimyo, oziq-ovqat, yigiruv-toʻqimachilik, neft va oʻgʻit ishlab chiqarish tarmoqlari jamlangan.
Aholisi
Maʼmuriy boʻlinishi Muhofaza munitsipal boʻlinmalarga ajratilgan boʻlib, 2024-yil yanvar holatiga koʻra umumiy taxminiy aholi soni 5 599 387 kishini tashkil etadi.
+ Munitsipal boʻlinmalari () Oʻzbekcha nomi Asl nomi Arabcha transliteratsiyasi Aholisi(2023-yil yanvar tax.) Turi1 Iskandariya porti politsiya departamenti 0 Politsiya maʼmuriy hududi2 Al-Daxila 502,094 Qism (tuman)3 Al-Amreya 1 504,562 Qism (tuman)4 Al-Amreya 2 295,528 Qism (tuman)5 Al-Atorin 39,159 Qism (tuman)6 Al-Jumruk 98,055 Qism (tuman)7 Al-Labbon 43,578 Qism (tuman)8 Al-Manshiyya 24,903 Qism (toʻliq shahar)9 Al-Muntazo 1 1,109,010 Qism (tuman)10 Al-Muntazo 2 575,067 Qism (toʻliq shahar)11 Ar-Raml 1 294,477 Qism (tuman)12 Ar-Raml 2 669,233 Qism (tuman)13 Shimoliy sohil 2,963 Uyushmagan hudud14 Bob Shar' 240,760 Qism (toʻliq shahar)15 Burj al-Arab 92,175 Markaz16 Karmuz 110,533 Qism (toʻliq shahar)17 Yangi Burj al-Arab 43,921 Yangi shahar18 Mina al-Basal 268,252 Qism (toʻliq shahar)19 Muharram Bek 297,318 Qism (toʻliq shahar)20 Sidi Gaber 267,152 Qism (tuman)
Tumanlari
Muhofaza boʻlinmalari 10 ta tumanga (birligi: , koʻpligi: ) guruhlangan boʻlib, ular toʻgʻridan-toʻgʻri Iskandariya muhofazasi boshqaruviga boʻysunadi, Yangi Burj al-Arab shahri esa Yangi shahar jamiyatlari boshqarmasi yurisdiktsiyasiga kiradi.
Sanoat zonalari Investitsiyalar va erkin zonalar boʻyicha boshqaruv organi (GAFI) maʼlumotlariga koʻra, Shimoliy Sinayda quyidagi sanoat zonalari joylashgan: Sanoat zonasi31 km sahro yoʻli sanoat zonasiAl-Ajami janubiyAn-Nahda sanoat zonasiAl-Nasriya sanoat zonasiMargʻam sanoat zonasiYangi Al-Manshiyya sanoat zonasiOm Zeghio sanoat zonasiSebko sanoat zonasi
Turizmi Iskandariya oʻzining rang-barang tarixi bilan mashhur, chunki u yillar davomida bir nechta madaniyatlar tomonidan egallab olingan. Hozirgi kunda bir nechta yodgorliklar Iskandariyaning tarixiy joylarini shakllantiradi.
Yodgorliklari Iskandariya kutubxonasi Qaitbay qal’asi Yunon-Rim muzeyi Iskandariya milliy muzeyi Qirollik zargarlik muzeyi Iskandariya serapeumi Pompey kolonnasi Rim amfiteatri Aleksandriya mayogʻi
Bogʻlari Al-Muntazo bogʻlari Shallalat bogʻlari Antoniadis bogʻi An-Nuja bogʻi Iskandariya xalqaro bogʻi
Taʼlim tizimi Mashhur institutlari Iskandariya kutubxonasi Iskandariya universiteti Iskandariya milliy universiteti Burj al-Arab texnologiya universiteti Senghor universiteti Arab fan, texnologiya va dengiz transporti akademiyasi Yangi Burj al-Arabdagi Misr-Yaponiya fan va texnologiya universiteti Ilmiy tadqiqotlar va texnologik tatbiqlar shahri Faros universiteti Muhandislik va texnologiya oliy instituti
Maktablari Forsan Amerika maktabi Forsan xalqaro maktabi Riada Amerika maktabi Riada til maktabi Gems Iskandariya akademiyasi Brilliance akademiyasi Schutz Amerika maktabi Ingliz uyi Yangi Al-Quds xalqaro maktabi Iskandariya britan xalqaro maktabi
Sporti Iskandariya muhofazasida bir qancha sport klublari bor: El Ittihad Alexandria El-Olympi Smouha SC Alexandria Sporting Club (ASC)
Iskandariya muhofazasida eng ommabop sport turi futbol boʻlib, hududda uchta asosiy stadion mavjud: Burj al-Arab stadioni Iskandariya stadioni Haras El-Hedoud stadioni
Voliylari Iskandariya muhofazasini turli yillarda bir qancha voliylar boshqargan; quyida 1952-yildan buyon faoliyat yuritgan voliylar roʻyxati keltirilgan:
Konsul Muhammad Mustafo Kamol Dib (1952-yil 10-aprel — 1957-yil 5-yanvar) Mr. Mahmud Ismoil Mehanna (1957-yil 4-mart — 1960-yil 10-sentyabr) Voliy Siddiq Abdulatif (1960-yil 8-oktyabr — 1961-yil 12-noyabr) Mr. Muhammad Hamdi Ashur (1961-yil 12-noyabr — 1968-yil 27-oktyabr) Voliy Ahmad Kamol (1968-yil 6-noyabr — 1970-yil 17-noyabr) Voliy Mamdoʻh Salom (1970-yil 18-noyabr — 1971-yil 13-may) Dr. Ahmad Fuad Muhiddin (1971-yil 8-may — 1972-yil 7-sentyabr) Prof. Abdulmunim Wehbe (1972-yil 8-sentyabr — 1974-yil 28-may) Voliy Ahmad Abdultavob Hdaib (1974-yil 29-may — 1978-yil 27-noyabr) Prof. Muhammad Fuad Hilmi (1978-yil 28-noyabr — 1980-yil 14-may) Prof. Naim Mustafo Abu Tolib (1980-yil 15-may — 1981-yil 23-avgust) Mr. Muhammad Sayid Al-Mahi (1981-yil 24-avgust — 1982-yil 17-may) Voliy Muhammad Fawzy Maaz (1982-yil 18-may — 1986-yil 9-iyun) Konsul Ismoil al-Gawsaqi (1986-yil 10-iyul — 1997-yil 8-iyul) Voliy Muhammad Abdusalom Mahgoub (1997-yil 9-iyul — 2006-yil 28-avgust) General Adullabib (2006-yil avgust — 2011-yil fevral) Dr. Assam Salom (2011-yil 3-aprel — 2011-yil iyul) Dr. Osama Foley (2011-yil 4-avgust — 2012-yil iyul) Konsul Muhammad Atta Abbos (2012-yil 4-sentyabr — 2013-yil 1-iyun) Konsul Mohir Muhammad Zohir Baybars (2013-yil 16-iyun — 2013-yil 12-avgust) General Toriq Mahdi (2013-yil 13-avgust — 2015-yil 6-fevral) Mr. Hany Al-Masriy (2015-yil 7-fevral — 2015-yil 25-oktyabr) Muhandis Muhammad Ahmad Abdulzohir (2015-yil 26-dekabr — 2016-yil 7-sentyabr) General Rizo Muhammad Farahat (2016-yil 9-sentyabr — 2017-yil 16-fevral) Dr. Muhammad Ali Sulton (2017-yil 16-fevral — 2018-yil 30-avgust) Dr. Abdulaziz Qansua (2018-yil 30-avgust — 2024-yil iyul) Ahmad Xolid Hasan Sayid (2024-yil iyul — 2026-yil fevral) Ayman Muhammad Ibrohim Ahmad Ateyya (hozirga qadar)
Transporti Portlari Iskandariya porti Al-Daxila porti Abu Qir porti Sharqiy port
Temir yoʻl Iskandariya tramvayi Alexandria Railways Iskandariya metrosi
Aeroportlari Iskandariya xalqaro aeroporti
Manbalar
Havolalar Alexandria Governorate Page in English Miscellaneous 1997 statistical information on Alexandria El Wattan News of Alexandria Governorate
Turkum:Misr muhofazalari