Yahyobey masjidi () — Turkiyaning Adirna shahri markazida joylashgan masjid. Shoir Yahyobey buyurtmasiga koʼra mashhur meʼmor Xoʻja Sinon tomonidan 1577–1578-yillarda qurilgan.

Masjid tarhi kvadrat shaklda boʼlib, navbatma-navbat terilgan kesma tosh va gʻishtdan qurilgan. Masjidning bitta gumbaz va bitta minorasi mavjud.

Yahyobey masjidi Vaqflar bosh boshqarmasi tasarrufida boʻlib, 1990-yillarda restavratsiya qilingan. Bino Adirna madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish kengashining 2003-yil 4-iyuldagi 7697-sonli qarori bilan roʻyxatga olingan.

Manbalar

Turkum:Adirnadagi masjidlar Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar Turkum:16-asrda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Turkiyadagi masjidlar haqidagi chala maqolalar