At-Tavba masjidi () — Misrning Damanhur shahrida joylashgan VII asrga oid masjid. Butun Afrikadagi eng qadimiy masjidlardan biri hisoblanadi.

Tarixi Masjid 642-yilda musulmonlar qoʻshini qoʻmondoni Amr ibn al-Os tomonidan Misrning fath etilishi davrida bunyod etilgan. Misrda qurilgan ilk masjidlardan biri boʻlib, Eski Qohirada Amr ibn al-Os masjidi bunyod etilganidan koʻp oʻtmay barpo etilgan. Masjid bir necha bor taʼmirlangan, xususan, 2021-yilda masjidni taʼmirlash va qayta tiklash ishlari uchun 2 million Misr funti sarflangan.

Meʼmorchiligi Masjid marmardan ishlangan bir nechta noyob ustunlar, shuningdek, ogʻirligi 3 tonna boʻlgan sof misdan yasalgan qandil bilan bezatilgan. Masjid ichida oʻyma naqshlar bilan bezatilgan qadimiy yogʻoch minbar ham mavjud boʻlib, Buheyra muhofazasining birinchi gubernatori Vajih Abaza tomonidan hadya qilingan. Yogʻoch minbarda hozir mavjud boʻlmagan Birlashgan Arab Respublikasining gerbi tasvirlangan. Mamluk meʼmorchiligi uslubida qurilgan masjid minorasi uch qavatdan iborat boʻlib, balandligi 60 metrdan oshadi. Minora hamda masjidning ichki qismida koʻplab Qur’on oyatlari va bezakli naqshlari mavjud. Masjid bir vaqtning oʻzida 2 ming nafargacha namozxonni sigʻdira oladi.

Manbalar

Turkum:Misrdagi minorali masjidlar Turkum:Misrdagi masjidlar