Anhui Jiufang Football Club (soddalashtirilgan xitoycha: 安徽九方) — Anxoy provinsiyasining Xefey shahrida faoliyat yuritgan Xitoy futbol klubi. Klub Anhui Jiarun Group kompaniyasiga tegishli boʻlib, uning ustav kapitali 15 million yuanni tashkil etgan. 2008-yilgi mavsum oxirida Anhui Jiufang Xitoy 2-ligasidan (Xitoy futbolining uchinchi darajali ligasi) Xitoy 1-ligasiga (ikkinchi darajali liga) yoʻllanmani qoʻlga kiritgan.

2011-yilgi mavsum boshida Anhui Jiufang oʻrnini „Tianjin Runyulong“ klubi egallagan.

Nomlar tarixi 2003–2004: Anhui Xuanfeng 2005–2011: Anhui Jiufang

Natijalari Liga reytingi tarixi Mavsum 2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 Divizion 3 3 3 3 3 2 2 2 Oʻrin 4* 11* 4 3 3 4 7 9 * Guruh bosqichidagi natijasi

Manbalar

Havolalar Rasmiy sayti

Turkum:Xitoy futbol klublari Turkum:2003-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:2011-yilda tugatilgan futbol klublari Turkum:Anxoy futbol klublari