Shibin al-Qanatir () — Misrning Qalyubiya muhafazasi markazida joylashgan shahar va markaz (tuman). Maydoni — 138,6 km². Aholisi — 570 868 kishi (2021-yil).
Tarixi Qadimgi davrlarda shahar Rim imperiyasining harbiy qarorgohi hisoblangan hamda Lotin manbalarida Scenae Veteranorum nomi bilan tilga olingan. Unda rimliklarning otliq qoʻshin boʻlinmalari joylashtirilgan.
Shahar oʻrta asr arab manbalarida dastlab „Shibin al-Qasr“ nomi bilan uchraydi. Xususan, Ayyubiylar sultoni Salohiddin Ayyubiy davrida (1176-yil) va Mamluklar sultoni An-Nosir Muhammad ibn Qalavun davridagi yer xatlovlarida shu nom bilan qayd etilgan. Usmonlilar imperiyasi hukmronligi davrida ham Qalyubiya viloyati tarkibidagi aholi punkti sifatida tilga olingan.
Mintaqada topilgan eng muhim arxeologik yodgorliklardan biri „Yahudiylar tepaligi“ (Tell al-Yahudiya) nomi bilan tanilgan qadimiy majmua hisoblanadi.
Manbalar
Turkum:Misr shaharlari Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari