Sergey Nikolayevich Silkin (; 1961-yil 2-martda tugʻilgan) — rossiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. U 1983-yilda Moskvaning „Dinamo“ klubi safida Sovet Oliy ligasida professional debyut qilgan.
Futboldagi faoliyati Klubdagi faoliyati „Torpedo“ (Lyubersi) klubining bolalar jamoasida oʻynashni boshlagan. Birinchi murabbiyi — V. I. Xazov. 1977-yildan „Dinamo“ SDYUSHORida Vladimir Nikolayevich Smirnov qoʻl ostida shugʻullangan.
„Dinamo“ ustalar jamoasi tarkibida 1983-yil 19-iyulda Moskvaning „Spartak“ klubiga qarshi oʻyinda (0:3) debyut qilgan. „Dinamo“ safida 117 ta oʻyin oʻtkazgan (mamlakat chempionatida 101 ta, SSSR kubogida 8 ta va Yevropa klub turnirlarida 8 ta) va 1 ta gol urgan. 1980—1989-yillarda oʻrinbosarlar tarkibida 156 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urgan. „Dinamo“dan soʻng „Dinamo“ (Minsk) — 1990—1991 (18 oʻyin), „Dinamo-Gazovik“ (Tyumen) — 1993-yil avgustidan 1994-yilgacha (42 oʻyin) va „Spartak“ (Shyolkovo) — 1996 (16 oʻyin), shuningdek, Belgiyaning Vavr shahridagi „Rasing Jet“ (1992 — 1993-yil may) klublarida toʻp surgan.
Murabbiylik foliyati Uning qoʻl ostida 1986-yilda tugʻilgan Dinamo oʻsmirlar jamoasi 2001-yilgi Moskva chempionatida gʻolib chiqdi, „Dinamo“ning oʻrinbosarlar tarkibi esa 2002 va 2003-yillardagi Rossiya chempionatining oltin medallarini qoʻlga kiritdi. 2003-yilda Viktor Prokopenko isteʼfoga chiqqanidan keyin „Dinamo“ bosh murabbiyi vazifasini bajargan. Uning qoʻl ostida jamoa Rossiya kubogida uchta oʻyin oʻtkazib, ikkita gʻalabaga erishdi va bitta magʻlubiyatga uchradi.
2009-yil sentyabr oyidan boshlab u oʻrindoshlik asosida 1996-yilda tugʻilgan L. I. Yashin nomidagi „Dinamo“ TsPF jamoasining bosh murabbiyi boʻlgan. Unga Sergey Stukashov assistentlik qildi. Qishki birinchilikda jamoa atigi 4-oʻrinni egalladi [manba 5406 kundan beri koʻrsatilmagan]. 2010-yilning yozida esa Xalqaro bolalar chempionlar ligasi doirasidagi final oʻyinida „Dinamo“ Londonning „Chelsea“ klubidagi tengdoshlarini yirik hisobda magʻlub etdi.
2011-yil 21-aprelda chernogoriyalik murabbiy Miodrag Božović isteʼfoga chiqqanidan keyin u „Dinamo“ bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Yutuqlari Sovet Oliy ligasi 2-oʻrin sohibi: 1986-yil.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Dinamo Moskva klubi futbolchilari Turkum:FC Dinamo Minsk futbolchilari Turkum:FC Tyumen futbolchilari Turkum:SSSR Oliy ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Rossiyalik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Belgiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyalik futbol murabbiylari Turkum:FC Dinamo Moskva murabbiylari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi murabbiylari