Miodrag „Grof“ Božović (; 1968-yil 22-iyunda tugʻilgan) — chernogoriyalik futbol murabbiyi, sobiq futbolchi va Makedoniya futbol ligasining „Vardar“ klubi amaldagi bosh murabbiyi.

Futbolchilik faoliyati Klub Baland boʻyli markaziy himoyachi Božović Yugoslaviya va Chernogoriya afsonalari Predrag Mijatović va Dejan Savićević bilan birga „Budućnost Titograd“da hamda Yugoslaviyaning „Red Star Belgrad“ jamoasida oʻynagan. U bu jamoani 1994-yilda fuqarolar urushi paytida Indoneziyada oʻynash uchun tark etganMiodrag 'The Countʼ Bozovic breaking records at Red Star Belgrade — ESPN. U shuningdek, Niderlandiyaning RKC WaalwijkDegradatieduel in Waalwijk giert uit de hand — RKC va RBC Roosendaal klublarida, hamda Kipr va Yaponiyada toʻp surgan.

Oʻzining futbolchilik faoliyati davomida Božović „Red Star Belgrade“ jamoasi bilan Yugoslaviya kubogini qoʻlga kiritgan.

Terma jamoadagi faoliyati U bir marta U-21 terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

Murabbiylik faoliyati

Neftçi 2023-yil 24-dekabrda Adrian Mutu ketganidan soʻng, Božović Ozarbayjon Premyer-ligasining „Neftchi“ klubi yangi bosh murabbiyi sifatida eʼlon qilindi.

2024-yil 26-may kuni, mavsum yakunlanganidan bir kun oʻtib, „Neftchi“ klubi Božović bilan shartnomani uzaytirmasligini eʼlon qilgan.

Boshqa maʼlumotlar Bir nechta tillarni biladi. 2023-yil holatiga koʻra — Rossiya Premyer-ligasida xorijiy murabbiylar orasida boshqargan klublari va oʻtkazgan mavsumlari soni boʻyicha rekordchi (mos ravishda 7 va 11). Uning qoʻl ostida ishlagan futbolchilar mashgʻulotlar jarayonida jinsiy mazmundagi hazillardan koʻp foydalanishini bir necha bor taʼkidlashgan.

Yutuqlari O‘yinchi Red Star Belgrade FR Yugoslaviya kubogi: 1992–93 Murabbiy Rostov Rossiya kubogi: 2013–14 Red Star Belgrade Serbiya Superligasi: 2015–16

Manbalar

Havolalar

Miodrag Bozovic: Why Europe Should Be Out for the Count

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Yugoslaviyalik erkak futbolchilar Turkum:Serbiya va Chernogoriylik erkak futbolchilar Turkum:Chernogoriyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Yugoslaviya 21 yoshgacha milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari

Turkum:Serbiya va Chernogoriyalik futbol murabbiylari Turkum:Chernogoriyalik futbol murabbiylari Turkum:FK Borac Čačak murabbiylari Turkum:FK Obilić murabbiylari Turkum:AEP Paphos FC murabbiylari Turkum:FK Budućnost Podgorica murabbiylari Turkum:OFK Grbalj murabbiylari Turkum:FC Amkar Perm murabbiylari Turkum:FC Moskva murabbiylari Turkum:FC Dinamo Moskva murabbiylari

Turkum:FC Lokomotiv Moskva murabbiylari