Yhan Medeiros Sasse (Yan Sasse nomi bilan tanilgan Yhan Medeiros Sasse; 1997-yil 24-iyunda tugʻilgan) — braziliyalik professional futbolchi, Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi, Fargʻonaning „Neftchi“ klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida toʻp suradi.

Tarjimayi hol Yhan „Coritiba“ tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, bu yerda 2013-yildan 2016-yilgacha shugʻullangan. Klubning asosiy tarkibida 2016-yil 8-sentyabr kuni A Seriya doirasidagi „Gremio“ga qarshi oʻyinda (4:0) debyut qilgan. Ikki hafta oʻtgach, 22-sentyabr kuni Janubiy Amerika kubogi doirasida Argentinaning „Belgrano“ jamoasiga qarshi oʻyinda (1:2) ilk bor maydonga tushgan. 2017-yilda jamoa tarkibida Paranaense ligasida gʻolib chiqqan, keyingi yili esa „Coritiba“ turnirda „Atletiko Paranaense“ klubiga imkoniyatni boy bergan.

2019-yilning yanvar oyida Yan Sasse „Vasco da Gama“ klubiga keyinchalik sotib olish huquqi bilan yarim yilga ijaraga berilgan. 2019-yilning avgust oyida braziliyalik futbolchi Turkiyaga yoʻl olgan va u yerda „Çaykur Rizespor“ klubi uni ijara asosida oʻz safiga qoʻshib olgan. Oʻtish narxi 100 ming yevroni tashkil etgan. Turkiya chempionatida bir mavsum oʻynaganidan soʻng, braziliyalik futbolchi 2019-yilning yozida oʻzi bilan 2021-yilning dekabrigacha amaldagi shartnomasi boʻlgan „Coritiba“ klubiga qaytgan.

Shunga qaramay, 2021-yil 30-mart kuni Sasse „Atletiko Mineyro“ bilan keyingi yilning may oyigacha shartnoma imzolagan. Minas-Jerays shtati klubi tarkibida yarim himoyachi ikkita mushak jarohati tufayli asosiy tarkibda mustahkam oʻrnashib qola olmadi. Yakunda shartnoma muddati tugagach, u „Atletiko“ni tark etgan.

2022-yilning yozida braziliyalik futbolchi Yangi Zelandiyaga koʻchib oʻtgan va u yerda „Vellington Feniks“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Bir yil oʻtgach, u Tunisning „Esperans“ klubi oʻyinchisiga aylangan va jamoa bilan uch yillik shartnoma imzolagan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Coritiba FC futbolchilari Turkum:CR Vasco da Gama futbolchilari Turkum:América Futebol Clube (MG) futbolchilari Turkum:Çaykur Rizespor futbolchilari Turkum:Wellington Phoenix FC futbolchilari Turkum:ES Tunis futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Serie A (Braziliya) futbolchilari Turkum:Serie B (Braziliya) futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:A-liga futbolchilari Turkum:Liga 1 (Tunis) futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkiyadagi braziliyalik muhojir sportchilar Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Yangi Zelandiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Yangi Zelandiyadag braziliyalik muhojir sportchilar Turkum:Tunisdagi braziliyalik muhojir sportchilar Turkum:Tunisdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi braziliyalik muhojir sportchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar