Chadormalou Ardakan Sports Club (), asosan Chadormalou nomi bilan tanilgan — Eronning Yazd ustoni, Ardakan shahrida joylashgan futbol klubi. Jamoa 2023–24 yilgi Ozodagon ligasidan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng, hozirda Eron futbolining yuqori divizioni hisoblangan Fors koʻrfazi Pro ligasida ishtirok etib kelmoqda.

Tarixi Tashkil etilishi 2021-yilda Chadormalu kompaniyasi „Qashqai F. C.“ klubini sotib oldi va ularning Ozodagon ligasidagi ishtirok etish huquqi yangi tashkil etilgan Chadormalou Ardakan jamoasiga oʻtkazildi.

Ozodagon ligasi Klub 2022-yilning avgust oyida Ozodagon ligasidagi dastlabki mavsumini boshladi va 2022–2023-yilgi mavsum yakuniga koʻra turnir jadvalida 7-oʻrinni egallagan. Keyingi mavsumda esa jamoa 2-oʻrinni qoʻlga kiritib, Fors koʻrfazi Pro ligasiga yoʻllanmaga ega boʻlgan.

Fors koʻrfazi Pro ligasi 2024-yil 10-iyun kuni Ozodagon ligasining 34-turida Babol Caspian Sea jamoasi ustidan 1:0 hisobida qozonilgan gʻalabadan soʻng, Chadormalou oʻz tarixida ilk bor Fors koʻrfazi Pro ligasiga chiqishga muvaffaq boʻlgan.

Murabbiylar shtabi Joriy murabbiylar Bosh murabbiy Mohammad Saeid Akhbari Yordamchi murabbiy Peyman Shirzadi Hanif Omranzadeh Cuco Darvozabonlar murabbiyi Hamed Tabatabaei Jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy Glydiston Ananias Texnik direktor Hamid Alidoosti Jamoa menejeri Faraz Fatemi

Futbolchilar Joriy tarkibi

U21 = 21 yoshgacha boʻlgan futbolchi. U23 = 23 yoshgacha boʻlgan futbolchi. U25 = 25 yoshgacha boʻlgan futbolchi.

Oʻrinbosarlar tarkibi

Stadioni

Chadormalou Ardakan jamoasi oʻz uy uchrashuvlarini Eronning Yazd ustoni, Ardakan shahrida joylashgan 15 000 tomoshabin sigʻimiga ega boʻlgan Shahid Nasiri stadionida () oʻtkazadi.

Yutuqlari Ozodagon ligasi Vitse-chempion (1): 2023–24

Manbalar

Havolalar Chadormalu S. C. secures promotion to PGPL /Persian Football 2024-yil 11-iyun. Chadormalu secure promotion to Iranʼs PGPL/Tehran Times 2024-yil 11-iyun. Chadormalu Promoted to 2024-25 IPL/Tasnim News Agency 2024-yil 11-iyun. Chadormalu secure promotion to Iranʼs PGPL/Vatan Sport 2024-yil 11-iyun.

Turkum:Eron futbol klublari Turkum:2021-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:2021-yilda Eronda tashkil etilgan Turkum:Yazd ustoni sporti