Pachliopta aristolochiae, yoki common rose — Pachliopta urugʻiga mansub qaldirgʻochdum kapalaklar turidir. Ushbu urugʻ vakillari gul kapalaklari yoki qizil tanali qaldirgʻochdumsimon kapalaklar sifatida ham tanilgan. U Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo boʻylab keng tarqalgan keng tarqalgan kapalak hisoblanadi.

Tavsif

Common rose kapalagining qanot yozish kengligi oʻrtacha 7–11 sm. Erkaklari hajmi jihatidan urgʻochilaridan biroz farq qilishi mumkin. Kapalakning ustki qismi baxmaldek qora rangda. Old qanotining markaziy qismida tomirlar boʻylab yaqqol koʻzga tashlanadigan och rangli chiziqlar mavjud boʻlib, ular qanotning chetki qismiga yetib bormaydi, chetlari esa keng va baxmaldek qora rangda boʻladi; markaziy katakchalar oxiridan keyingi chiziqlar ichkariga qarab uning choʻqqisigacha choʻzilgan. Urgʻochi kapalaklar erkaklariga oʻxshash; ular erkagidan faqat qanotlarining nisbatan kengroq ekanligi bilan farq qiladi va bu xususiyat ayniqsa old qanotlarida yaqqol koʻzga tashlanadi.

Tarqalishi U Osiyoda, jumladan, Afgʻoniston, Pokiston, Hindiston, Nepal, Shri-Lanka, Myanma, Tailand, Yaponiya, Laos, Vyetnam, Kambodja, Nikobar orollari, Malayziyaning yarim orol va sharqiy qismi, Bruney, Filippin, Indoneziya, Bangladesh hamda Tayvanda keng tarqalgan. Xitoyda u mamlakatning janubiy va sharqiy qismlarida hamda Gonkongda tarqalgan. Indoneziyada esa Sumatra, Nias, Enggano, Bangka, Yava, Bali, Kangean, Lombok, Sumbawa, Sumba, Flores, Tanaxjampea va Kalimantan orollarida uchraydi.

Yashash tarzi Bu tur kunduzi juda faol hayot kechiradi. Kechasi esa oʻsimliklar orasiga bekinib uxlashadi. U Hindiston tekisliklarining deyarli barcha qismlarida juda keng tarqalgan va tur sifatida yoʻqolib ketish xavfi ostida emas. Musson yomgʻirlari davrida va undan keyin ularning soni haddan tashqari koʻpayib ketadi. Odatda yer yuzasidan oʻrtacha balandlikda, bosiq va bir maromda uchadi. U yashaydigan Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo iqlimi issiq boʻlgani uchun bu kapalak asosan yil davomida uchraydiTian-Shung Wu, Yann-Lii Leu and Yu-Yi Chan (2000). Aristolochic Acids as a Defensive Substance for the Aristolochiaceous Plant-Feeding Swallowtail Butterfly, Pachliopta aristolochiae interpositus. Journal of the Chinese Chemical Society 47:221-226 .

Hayot sikli Tuxumi Urgʻochi kapalak oʻzining qurtlarini yetarli miqdorda ozuqa bilan taʼminlash maqsadida Aristolochia oʻsimliklarini koʻzdan kechirishi va ular orasidan yam-yashil boʻlib oʻsayotgan sogʻlomlarini tanlaydi. U mayda qora naqshlari boʻlgan dumaloq va qizgʻish tuxumlar qoʻyadi. Tuxumlar barglarning ustki, ostki tomoniga yoki hatto yosh novdalarga bittadan qoʻyib chiqiladi. Urgʻochi kapalak bitta oʻsimlik novdasi yoki bargiga faqat 1 ta tuxum qoʻyadi va keyingisini qoʻyish uchun boshqa bargga uchib oʻtadi. Har bir tuxumini alohida qoʻyishiga sabab, tuxumdan chiqqan yangi qurtlar juda ochofat boʻladi. Agar ular bir yerga qoʻyilsa, ochlikdan nobud boʻlishi mumkin. Common rose urgʻochi kapalagi oʻz hayoti davomida jami 100 tagacha tuxum qoʻyadi. Lichinka Qurti baxmaldek toʻq qizil rangda boʻlib, ancha yirik va harakatlari juda sekin. Gʻumbagi jigarrang boʻlib, unda jigarrang va pushti ranglarning turli tusdagi naqshlari bor. U oʻzi birikkan shoxchaga dum qismi bilan yopishadi va tanasini oʻrab turuvchi maxsus ip yordamida osilib turadi. Common rose gʻumbagining ajralib turuvchi oʻziga xos xususiyati — uning qorni, koʻkragi va boshining orqa qismida yirik, yarim doira shaklidagi boʻrtmalarning borligidir.

Oziqlanishi Lichinkalari Aristolochia oilasiga mansub Aristolochia turkumidagi chirmashib va oʻrmalab oʻsuvchi oʻsimliklar bilan oziqlanadi hamda oʻz tanasida aristolox kislotasi kabi zaharni toʻplaydi. Bu esa voyaga yetgan kapalaklarni qushlar va sudralib yuruvchilar kabi umurtqali yirtqichlar uchun zaharli qilib qoʻyadi. Bu kapalak uchun himoya vazifasini oʻtaydi.

Galereya

Tashqi havolalar

https://web.archive.org/web/20050515164055/http://www.angelfire.com/journal2/chinfahshin/history/rose.html https://web.archive.org/web/20160303174856/http://www.srilankaninsects.net/Butterflies/Papilionidae/CommonRose/CommonRose.htm

Manbalar Turkum:Pachliopta Turkum:Kapalaklar Turkum:Biologik turlar Turkum:Osiyo kapalaklari