Shugʻnon bekligi — hozirgi Tojikiston hududidagi Buxoro amirligi tarkibidagi maʼmuriy birlik. Maʼmuriy markazi Qal’ai Bar Panj boʻlgan.

Geografiya

XX asr boshlarida Shugʻnon viloyatining maʼmuriy markazi Panj daryosi oqimi boʻylab Qal’ai Shugʻnon yoki Bar Panj shahridan 6 km yuqorida va Pesdex, yaʼni hozirgi Xorugʻ shahridan shimolda joylashgan Yavurdeh shahri boʻlgan.

Tarix XIX asrda Shugʻnon bekligi Rossiya va Britaniya imperiyalarining taʼsir doiralarini chegaralash boʻyicha „Katta oʻyin“ maydonlaridan biriga aylangan.

Shugʻnonning bir qismi 1895-yil 2-fevralda (11-martda) imzolangan rus-ingliz shartnomasiga koʻra, Panj (Amudaryo) ning chap qirgʻogʻida joylashgan Darvoz bekligining bir qismi evaziga Buxoro amirligiga topshirildi va unda beklikka aylandi.

Shugʻnon bekligining maʼmuriy markazi Qal’ai Bar Panj aholi punkti boʻlgan.

Madaniyat XX asr boshlarida Shugʻnonda kiyimlar ilk oʻrta asrlardagi kabi jun va teridan tikilgan. Shugʻnondan olib ketiladigan asosiy buyumlar jun toʻnlar, paypoqlar va poyabzal uchun charm boʻlgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Buxoro amirligi bekliklari Turkum:Alifbo boʻyicha maʼmuriy birliklar Turkum:Buxoro xonligi bekliklari Turkum:Oʻzbekiston tarixi Turkum:Tojikiston tarixi