Bradley Jean-Manuel Essolisam Addo Barcola (2002-yil 2-sentyabrda tugʻilgan) — fransiyalik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasining „Liverpool“ klubi va Fransiya milliy terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi. Dunyoning eng yaxshi vingerlaridan biri sifatida eʼtirof etilgan Barcola oʻzining tezligi, chaqqonligi va driblingi bilan mashhur.
„Lyon“ akademiyasini tamomlagach, Barcola professional faoliyatini oʻzi oʻsgan klubda boshlagan va u yerda ikki mavsum toʻp surgan. Ikkinchi mavsumida u asosiy tarkibdan joy olib, golli uzatmalar soni boʻyicha klub yetakchisiga aylangan. 2023-yilda u 45 million yevro evaziga „Paris Saint-Germain“ klubi bilan shartnoma imzolab, 2025-yilda qitʼaviy trebl tarkibida UEFA Chempionlar Ligasida gʻolib chiqqan. 2026-yilda klub bilan ketma-ket ikkinchi bor Chempionlar Ligasi chempionligini qoʻlga kiritgach, oʻsha yilning yozida „Liverpool“ safiga qoʻshilgan.
Barcola Fransiya sharafini 21 yoshgacha boʻlganlar va Olimpiya terma jamoalari safida xalqaro miqyosda himoya qilgan. U milliy terma jamoadagi debyutini 2024-yil iyun oyida oʻtkazgan hamda UEFA Yevro-2024 va FIFA Jahon chempionati-2026 musobaqalarida qatnashadigan Fransiya jamoasi tarkibiga kiritilgan.
Yutuqlari Paris Saint-Germain
Liga 1: 2023–24, 2024–25, 2025–26 Fransiya kubogi: 2023–24, 2024–25 Fransiya Superkubogi: 2023, 2024, 2025 UEFA Chempionlar ligasi: 2024–25, 2025–26 UEFA Superkubogi: 2025, 2026 FIFA Qitʼalararo kubogi: 2025 FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati ikkinchi oʻrin sohibi: 2025 Fransiya
UEFA Millatlar ligasi uchinchi oʻrin: 2024–25
Shaxsiy
UNFP Liga 1 oyining eng yaxshi futbolchisi: sentyabr 2024 UNFP Liga 1 yil ramziy jamoasi: 2024–25
Manbalar
Havolalar
Bradley Barcola Liverpool F. C. saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Olympique Lyonnais futbolchilari Turkum:Paris Saint-Germain FC futbolchilari Turkum:Liverpool F.C. futbolchilari Turkum:Championnat National 1 futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari
Turkum:Fransiya yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Fransiya 21 yoshgacha milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Fransiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Fransiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar