Darya Karpenko (1985-yil 13-martda tugʻilgan) — qozogʻistonlik erkin kurashchi, Osiyo chempionatining kumush va bronza medallari sovrindori. Erkin kurash boʻyicha xalqaro toifadagi sport ustasi.

Tarjimayi hol Kurash bilan 2000-yildan shugʻullana boshlagan. Olmaotadagi „CSKA“ kurash klubi nomidan musobaqalarda qatnashgan. Murabbiyi — Oleg Yanovich.

2003-yilda Qozogʻistonning mutlaq chempioni boʻlgan. 2010-yilda boʻynidan olgan ogʻir jarohati sababli sportni tark etishga majbur boʻlgan. Tibbiy kurslarni tamomlagach, fitnes-klubga ishga kirgan. Bir yil ishlagandan soʻng turmushga chiqib, homiladorlik va tugʻruq taʼtiliga ketgan. Homiladorlik davrida uning vazni 107 kilogrammga yetgan. Avvalgi qomatini tiklash uchun u qattiq shugʻullana boshlagan. Oʻzi uchun individual mashgʻulotlar rejasini tuzib olgan. Ovqatlanish tartibiga alohida eʼtibor qaratgan. Ikki-uch oy ichida vaznini 70 kilogrammgacha tushirgan. Shundan soʻng oʻzining „Leader“ nomli fitnes-klubini ochgan.

Manbalar

Xalqaro musobaqalardagi ishtirok statistikasi Institut für Angewandte Trainingswissenschaft Darya Karpenko: Aytdim – qildim! Akyl-kenes.

Havolalar Tarixiy natijalar United World Wrestling

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Olmaotalik sportchilar Turkum:2006-yilgi Osiyo oʻyinlaridagi restlingchilar