Utayba ibn Abu Lahab () — Abu Lahabning oʻgʻli. Islom paygʻambari Muhammadning uchinchi qizi Ummu Kulsumga uylanmoqchi boʻlgan, biroq otasining talabiga binoan unashtiruvni bekor qilgan. Muhammad paygʻambarning amakivachchasi.

Hayoti Utayba paygʻambar Muhammadning ashaddiy muxolifi boʻlgan Abu Lahabning uch oʻgʻlidan biri edi. U Abu Lahabning islomni qabul qilmagan yagona oʻgʻli boʻlgan. Utayba 610-yilda, Muhammad paygʻambar boʻlishidan oldin uning qizi Ummu Kulsum bilan unashtirilgan edi.

Ummu Kulsum bilan unashtiruvning bekor qilinishi Paygʻambar Muhammadga vahiy kelib, kishilarni islom diniga daʼvat qilishni boshlagan paytda bu narsa hali uning eng yaqin doʻstlari orasida sir saqlangan. Keyinchalik paygʻambar Muhammad Safo togʻiga chiqib, Makka aholisini oʻz huzuriga chaqirgan va ulardan: „Agar togʻ ortida bosqinchilar shahar tomon yaqinlashib kelayotganini aytsam, menga ishonarmidingizlar?“ deb soʻragan. Ular paygʻambar Muhammadning Makkadagi 40 yillik hayoti davomida halol va rostgoʻy inson sifatida tanilganini tasdiqlashgan. Shundan soʻng paygʻambar Muhammad ularni Alloh tomonidan yuborilgan yaqinlashib kelayotgan azobdan ogohlantirgan. Bu Muhammad paygʻambarning islomni ilk bor omma oldida targʻib qilishi edi. Shunda Abu Lahab unga: „Bugun halok boʻlgur! Bizni shuning uchun toʻpladingmi?“ degan. Shundan keyin u paygʻambar Muhammadga qarshi chiqib, Makkada uning ortidan ergashib yurgan, unga tosh otib, hatto oyoqlari ham qonatgan. Shuningdek, Abu Lahab paygʻambarni yolgʻonchi deb atab, odamlarga uning daʼvatini qabul qilmaslikni uqtirgan. Bu voqealardan keyin Abu Lahab oʻgʻillariga Muhammad paygʻambarning ikki qizi bilan unashtiruvni bekor qilishni, aks holda ular bilan hech qachon gaplashmasligini bildirgan.

Manbalar

Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:7-asr arab shaxslari Turkum:613-yilda vafot etganlar