Shuhrat Nuraliyev (1980-yil 5-noyabr — 2017-yil 22-noyabr) — oʻzbekistonlik aktyor.

Hayoti Shuhrat Nuraliyev 1980-yil 5-noyabrda tugʻilgan. Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat instituti tahsil olgan. Dastlab, Oʻzbek milliy akademik drama teatridagi rollari bilan mashhur boʻlgan. Shuningdek, u „Osmondagi bolalar“, „Devona“, „Ulfatlar-2“, „Yangi boy“, „Sevginator-2“, „Zarb“ kabi filmlardagi obrazlari bilan ham tanilgan. Rejissyor sifatida 5 ta filmni tasvirga tushirgan. Bundan tashqari, u Yulduz Usmonovaning jamoasida badiiy rahbar sifatida ham ish olib borgan. Vafotidan oldin „Jassar teatr shou“ xususiy teatrida bosh rejissyor sifatida faoliyat yuritgan. 2017-yil 22-noyabrda vafot etgan.

Filmografiyasi

Manbalar

Havolalar

Turkum:Oʻzbekistonlik aktyorlar