Frederico Rodrigues de Paula Santos (1993-yil 5-martda tugʻilgan) — braziliyalik professional futbolchi, Braziliya A Seriyasining „Atlético Mineiro“ klubida yarim himoyachi sifatida toʻp suradi.

Fred faoliyatini Braziliyaning „Internacional“ klubida boshlab, u yerda ikki marta Gaucho chempionligini qoʻlga kiritgan. 2013-yil iyun oyida Ukrainaning „Shaxtyor“ klubi bilan shartnoma imzolagan va u yerda uch marta Ukraina Premyer-ligasi chempionligiga erishgan. 2018-yilda Fred „Manchester United“ safiga qoʻshilgan va 2023-yilda Angliya liga kubogini yutgan.

Fred Braziliyaning 20 yoshgacha va 23 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoalari sharafini himoya qilgan. U milliy terma jamoadagi debyutini 2014-yil noyabr oyida oʻtkazgan. 2015-yilda Chilida boʻlib oʻtgan Amerika Kubogida Braziliya terma jamoasi tarkibidan joy olgan va chorak finalga qadar yetib borgan jamoaning C guruhidagi dastlabki ikki oʻyinida asosiy tarkibda maydonga tushgan. Shuningdek, uning nomi Braziliyaning 2018 va 2022-yilgi FIFA Jahon chempionatlari hamda 2021-yilgi Amerika Kubogi uchun yakuniy tarkiblariga kiritilgan.

Yutuqlari Internacional

Campeonato Gaúcho: 2012, 2013 Shaxtyor Donetsk

Ukraina Premyer-ligasi: 2013–14, 2016–17, 2017–18 Ukraina kubogi: 2017–18 Ukraina Superkubogi: 2013, 2015

Manchester United

Angliya liga kubogi sohibi: 2022–23 Angliya kubogi finalchisi: 2022–23

Fenerbahçe

Turkiya Superkubogi: 2025 Shaxsiy

PFA Jamiyat Chempioni mukofoti: 2022–23

Manbalar

Havolalar

Fred Fenerbahçe S. K. saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:SC Internacional futbolchilari Turkum:Shaxtyor Donetsk futbolchilari Turkum:Manchester United F.C. oʻyinchilari Turkum:Fenerbahçe S.K. futbolchilari Turkum:Atlético Mineiro futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Serie A (Braziliya) futbolchilari Turkum:Ukraina Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ukrainadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Braziliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Copa América 2015 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2021 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:Futbolda doping holatlari