Omniturm (Omni minorasi) — Germaniyaning Frankfurt shahridagi osmonoʻpar bino. U AQShning Tishman Speyer Properties koʻchmas mulk kompaniyasi tomonidan 2016-yil boshidan qurila boshlangan va 2019-yilda yakunlangan. Binoning balandligi 190 metrga (620 fut) yetadi, bu esa uni qurib bitkazilgan vaqtda Frankfurt va Germaniyadagi oltinchi eng baland binoga aylantirdi. Nomi (lotinchadan omnis — „barcha/hamma“) binodan foydalanish maqsadiga ishora boʻlib, u ham turar joy, ham ofis maydonlarini oʻz ichiga oladi.

Dizayn Minora Bjarke Ingels Group tomonidan loyihalashtirilgan. Omniturm oʻziga xos tarzda binoning oʻrtasidagi „siljish“ (swing) bilan ajralib turadi. Markazdan boshlangan spiral oʻq siljishi 14- va 23-qavatlar oraligʻidagi turar-joy maydoni uchun ayvonlar (terrasalar) yaratish imkonini beradi. Eng katta siljishda, „turar-joy“ deb ataladigan hudud asosiy chiziqdan jami 5 metrdan (16 fut) ortiqroqqa siljiydi. 49 qavatli minora 43,850 m2 (472,000 kv fut) ijaraga beriladigan ofis maydoni, 8,175 m2 (87,990 kv fut) turar-joy maydoni va 1,579 m2 (17,000 kv fut) jamoat foydalanishi uchun ochiq maydonni oʻz ichiga oladi.

Designbloom nashriga koʻra, „binoning pastki qismi ingichka va ratsional tarzda taxlangan, shundan soʻng, minora turar-joy dasturini oʻz ichiga olgan qismida qavat plitalari spiral harakatda tashqariga qarab siljiy boshlaydi. Uning eng yuqori qismida esa tuzilma yana oddiy minora blokiga qaytadi va pastki qavatlarning yoʻnalishi bilan qayta birlashadi“.

Foydalanilishi Omniturm — koʻp funksiyali minora. Binoning ijaraga beriladigan maydoni 54,100 m2 (582,000 kv fut) dan ortiq boʻlib, shundan 44,200 m2 (476,000 kv fut) ga yaqini moslashuvchan ofis maydonidir. 147 ta premium-kvartiralar esa yana 8,200 m2 (88,000 kv fut) maydonni tashkil etadi.

Ega Bino 2018-yilda Commerzbank tarkibidagi investitsiya aktivlarini boshqaruvchi Commerz Real kompaniyasi tomonidan sotib olingan.

Yana qarang Frankfurtdagi eng baland binolar roʻyxati Germaniyadagi eng baland binolar roʻyxati Yevropadagi eng baland binolar roʻyxati

Manbalar

Havolalar Official Website

Turkum:Germaniyadagi osmonoʻpar binolar