Franco Baresi (Franchino Baresi; 1960-yil 8-may — 2026-yil 31-iyul) — italiyalik futbolchi va murabbiy. U asosan libero yoki markaziy himoyachi sifatida oʻynagan va oʻzining 20 yillik faoliyatini toʻliq A Seriyaning „Milan“ klubida oʻtkazib, 15 mavsum davomida jamoaga sardorlik qilgan. Barcha davrlarning eng buyuk himoyachilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan Baresi „World Soccer“ jurnalining XX asrning 100 nafar eng zoʻr futbolchisi roʻyxatida 9-oʻrinni egallagan. Franco „Milan“ safida uch marta Yevropa kubogi/UEFA Chempionlar ligasi chempionligini, oltita A Seriya sovrinini, toʻrtta Italiya Superkubogini, ikkita Yevropa Superkubogini va ikkita Qitʼalararo kubokni qoʻlga kiritgan.
Franco Italiya terma jamoasi safida 44 yillik tanaffusdan soʻng, 1982-yilgi Jahon chempionatida gʻolib chiqqan tarkib aʼzosi boʻlgan. Shuningdek, 1990-yilda oʻz vatanida oʻtkazilgan Jahon chempionatida ham ishtirok etib, jamoasini turnirda uchinchi oʻringa olib chiqqan va musobaqaning ramziy terma jamoasidan oʻrin olgan. 1994-yilgi Jahon chempionatida esa Italiya sardori sifatida finalga qadar yetib borgan tarkibda boʻlgan, biroq Braziliya kubokni boshi uzra koʻtargan oʻyindan keyingi penaltilar seriyasida oʻz zarbasini noaniq amalga oshirgan. Bundan tashqari, Barezi Italiya sharafini 1980 va 1988-yillardagi UEFA Yevropa chempionatida hamda 1984-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida himoya qilgan va har bir musobaqada jamoasi bilan yarim finalgacha yetib borgan.
Sobiq futbolchi Juzeppe Baresining ukasi, yoshligida Milanning katta jamoasiga qoʻshilganidan soʻng, Franco Baresi dastlab „Piscinin“ laqabini olgan. Oʻzining mahorati va muvaffaqiyati tufayli u keyinchalik „Kaiser Franz“ nomi bilan tanildi, bu hamkasbi Franz Beckenbauerga ishora edi. 1999-yilda u Milanning asrning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. 1997-yilda „Milan“dagi soʻnggi mavsumidan soʻng, klub Baresining 6-raqamli futbolkasini alohida saqlashga qaror qilingan. U 2004-yilda FIFAning yuz yillik taqdirlash marosimida Pele tomonidan 125 ta eng buyuk tirik futbolchilardan biri deb topilgan. Baresi 2013-yilda Italiya futboli shon-shuhrat zaliga kiritilgan.
Manbalar
Havolalar
Franco Baresi AC Milan saytida
2009 Interview at fourfourtwo.com
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkaklar futbolidagi liberolar Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Serie B futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Italiya erkaklar terma jamoasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 1980 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 1988 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1982 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1990 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1994 oʻyinchilari Turkum:1984-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari Turkum:Italiyalik futbol murabbiylar Turkum:FIFA 100 Turkum:Milan klubiga aloqador shaxslar Turkum:Fulham F.C. klubiga aloqador shaxslar