Andrey Yurevich Zaxarov (1973-yil 6-avgustda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik nafaqadagi futbolchi, faoliyatining katta qismini „Buxoro“ klubida oʻtkazgan. 1995—2000-yillarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasida markaziy himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati Andrey futbolchilik faoliyatini 1992-yil „Buxoro“ klubida boshlagan. Andrey professional dastlabki mavsumida Kogonning „Lokomotiv“ jamoasida ijara asosida oʻynagan. Buxoro klubi tarkibida bir necha mavsum davomida jamoaning muhim futbolchilaridan biri boʻlgan. 2000-yilgi mavsum avvalida Samarqandning „Dinamo“ klubi tarkibiga oʻtgan. Mavsumda klubning asosiy futbolchilaridan biri boʻlgan va 2000-yilgi Oʻzbekiston Kubogi finalida ishtirok etgan.
2001-yilgi mavsumda Namanganning „Navbahor“ klubida oʻynagan. 2002-yilgi mavsumning birinchi yarmida Andijon klubida oʻynagan. Yozgi transfer oynasida Qarshining „Nasaf“ klubida oʻynagan. 2004-yilgi mavsumda Bekobodning „Metallurg“ klubida oʻynagan va shu jamaoda faoliyatini yakunlagan.
Terma jamoadagi faoliyati Andrey Oʻzbekiston terma jamoasida 1995—2000-yillarda faoliyat olib borgan. Oʻzbekiston terma jamoasida 1995-yil Nigeriya terma jamoasiga qarshi ikki oʻyindan iborat Afro-Osiyo kubogida ishtirok etgan. 1996-yilgi Osiyo Kubogi saralashining Tojikiston terma jamoasiga qarshi muhim oʻyinda ham ishtirok etgan.
Yutuqlar
Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2000
Manbalar
Havolalar Andrey Zaxarov Transfermarkt saytida Andrey Zaxarov Footballfactsru saytida Andrey Zaxarov Teams saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Kogon klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari