Joan Garcia Pons (2001-yil 4-mayda tugʻilgan) — Ispaniyalik professional futbolchi, La Liga ishtirokchisi „Barcelona“ klubi va Ispaniya terma jamoasida darvozabon pozitsiyasida oʻynaydi.

Joan „Espanyol“ yoshlar tizmida taʼlim olgan. 2021-yilgi mavsumda asosiy jamoa tarkibiga jalb etilgan va oxir-oqibat 2024-yilda oʻzini asosiy tarkibda koʻrsatgan. 2025-yil iyun oyida klub uning shartnomasini bekor qilish bandini faollashtirganidan soʻng, „Barcelona“ klubi tarkibiga oʻtgan. Joan yangi jamoasida darhol asosiy tarkibga qoʻshilgan. 2025–26-yilgi La Liga mavsumi chempionligini qoʻlga kiritishga yordam bergan.

Garcia Ispaniya yoshlar terma jamoasining bir necha yosh toifasida oʻynagan. Joan 2026-yilda Ispaniya terma jamoasida debyut qilgan va 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatida gʻolib chiqqan jamoaning bir qismi edi.

Terma jamoadagi faoliyati

Garcia Ispaniya yoshlar terma jamoasi aʼzosi boʻlib, Ispaniya U17, U18, U19 va U21 terma jamoalari sharafini himoya qilgan. 2024-yil iyul oyida u 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun Ispaniya U23 tarkibiga kiritilgan. Ispaniya olimpiya terma jamoasi yakunda Olimpiada oʻyinlari erkaklar futboli musobaqasida Olimpiya oltin medalini qoʻlga kiritishgan.

2026-yil 31-mart kuni Garcia Ispaniya terma jamoasi safida Misrga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida, RCDE stadionida 62-daqiqada David Raya oʻrniga maydonga tushgan. U 25-may kuni Luis de la Fuentening 2026-yilgi jahon chempionati uchun 26 kishilik tarkibiga kiritilgan va 4-iyun kuni Iroqqa qarshi oʻrtoqlik oʻyinida milliy terma jamoa safida ilk bor maydonga tushgan.

Yutuqlar

Barcelona

La Liga gʻolibi: 2025–26 Ispaniya Superkubogi sohibi: 2026

Ispaniya U23

Yozgi Olimpiada oltin medali sohibi: 2024

Ispaniya

FIFA Jahon chempionati gʻolibi: 2026

Shaxsiy

Espanyolning mavsumdagi eng yaxshi erkak oʻyinchisi: 2023–24 La Liga mavsumining eng yaxshi jamoasi: 2024–25, 2025–26 Zamora Trophy sohibi: 2025–26

La Liga mavsumining eng yaxshi seyvi: 2025–26

Manbalar

Havolalar

Joan Garcia FC Barcelona saytida Joan Garcia La Liga saytida

Joan Garcia Pons — COE — Paris 2024

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:CF Damm futbolchilari Turkum:RCD Espanyol B futbolchilari Turkum:RCD Espanyol futbolchilari Turkum:FC Barcelona futbolchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Ispaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida medal sohiblari Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar