Muhammadqodir Mamatqulovich Abdullayev (; 1973-yil 15-noyabrda dunyoga kelgan) — Andijonlik bokschi, 63,5 kg vazn bilan Olimpiada va jahon chempioni boʻlgan. Oʻzbekiston chempioni (1993, 1996—1998), xalqaro toifadagi sport ustasi (1998). Andijon davlat universiteti talabasi (2000). Abdullayev bir necha xalqaro turnirlarning gʻolibi (1994-yil Turkiya, 1997-yil Eron, 1999-yil Fransiya). Markaziy Osiyo oʻyinlarida 1995-yil — 2 oʻrin, 1997-yil — 1-oʻrin, 13-Osiyo oʻyinlari (Tailand, 1998)da 1-oʻrin; Osiyoning 2 karra chempioni (1997, 1999). 1999-yil AQShning Xyuston shahrida oʻtkazilgan jahon chempionatining, 2000-yil Sidneyda oʻtkazilgan 27-yozgi Olimpiya oʻyinlarining oltin medali bilan taqdirlangan. Qirol kubogi (1998-yil Tailand) hamda Jahon kubogi (1998-yil Xitoy) musobaqalarida eng yaxshi bokschi deb tan olingan. „Shuhrat“ medali (1995), „El-yurt hurmati“ ordeni (1999) bilan mukofotlanganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Jang natijalari 1996-yilgi Atlanta Olimpiadasida O‘zbekiston vakili (yengil vazn toifasida) sifatida kurashib, Terrance Cauthenga (AQSh) 6-18 hisobida magʻlub boʻldi. 2000-yil Sidney Olimpiadasida Oʻzbekiston sharafini himoya qildi (yengil oʻrta vaznda) va oltin medalni qoʻlga kiritdi. 1993-yil Finlandiyaning Tampere shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionati ishtirokchisiga aylandi. Chempionatda Enrike Karrionga (Kuba) yutqazdi. 1997-yil Budapeshtda boʻlib oʻtgan jahon chempionati ishtirokchisi sifatida yengil vazn toifasida qatnashdi. Chempionatda Mett Zeganga (Polsha) 3-10 hisobida magʻlub boʻlgan.

1999-yil Xyustonda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida yengil yarim oʻrta vazn toifasida ushtirok etib, oltin medali sohibiga aylandi. Oydin Gasanovni (Rossiya) 10:6 hisobida mag‘lub etdi, Rikardo Williamsni (AQSh) 11:4 hisobida yengdi.

1995-yil Toshkentda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionligi yengil vazn toifasida kumush medal sohibiga aylandi. 1997-yil Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatining yengil vazn toifasida oltin medal sovrindori boʻldi. 1998-yil Xitoyning Chongqing shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionati oltin medali sohibi, 1998-yil Bangkokda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlari oltin medali sohibi boʻldi. 1999-yil Toshkentda boʻlib oʻtgan yengil toifadagi Osiyo chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritdiИюнь-2005: Триумф Мейуэзера, поражение Цзю и конец Тайсона, Спорт-Экспресс..

Mukofotlari

„O‘zbekiston iftixori“. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi (2000) „El-yurt xurmati“ ordeni „Shuhrat“ medali

Boks natijalari Jang Sana Raqib Xakam Jang joyi Raundlar Natija Qoʻshimcha maʼlumotlar 1 26-noyabr 2005 Andriy Kotelnik Xaynrix Mexmert Wilhelm-Dopatka-Halle, Leverkusen, Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Germaniya 12 Magʻlubiyat Glen Feldman 112—116 Xuan Manuel Garsiya 112—116 Jan-Fransis Tupin 112—117 2 11-iyun 2005 Migel Kotto Djonni Kallas Nyu-York, 12 Magʻlubiyat TKO9 3 15-fevral 2005 Xuan Alberto Godoy Yoaxim Yakobsen Shtutgart, Baden-Vyurtemberg, Germaniya 12 Gʻalaba KO3 4 10-aprel 2004 Jessi Felisiano Kenni Beyless Nevada AQSh 12 Gʻalaba TKO8 5 17-fevral 2004 Richard Reyna Germaniya 10 Gʻalaba DSK9 6 15-noyabr 2003 Maryan Leondraliu Bavariya, Germaniya 6 Gʻalaba TKO4 7 3-iyun 2003 Emmanuel Klottey Mayk Ortega Uncasville, AQSh 10 Magʻlubiyat KO10 8 4-aprel 2002 Xoel Salas Toni Uiks Nevada AQSh 10 Gʻalaba DSK9 9 10-mart 2002 Hesus Abel Santiago Robert Byord Nevada AQSh 6 Gʻalaba KO4 10 3-mart 2001 Migel Angel Ruis Nevada AQSh 8 Gʻalaba TKO5 11 21-sentabr 2001 Ray Pelonia Toshkent, Oʻzbekiston 12 Gʻalaba TKO2 12 1-iyun 2001 Daaniel Felix Orlean, Las-Vegas, Nevada, AQSh 6 Gʻalaba TKO5 13 27-aprel 2001 Louis Rouis Caesars Tahoe, Sightline, Nevada, AQSh 4 Gʻalaba TKO1 14 6-aprel 2001 Vashington Texas Station kazino, Las-Vegas, Nevada, AQSh 4 Gʻalaba 40-36 40-36 40-36

Manbalar

Havolalar

Muhammadqodir Abdullayev — Olimpiada statistikasi Sports-Reference.com saytida Muhammadqodir Abdullayev — BoxRec veb-saytida kurash statistikasi.

Turkum:Andijonlik kishilar Turkum:Oʻzbekistonlik Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan bokschilar Turkum:Oʻzbekistonning Olimpiada oʻyinlarida oltin medali olgan sportchilari Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlarida oltin medali sohiblari Turkum:21-asrda Oʻzbekistonlik erkak sportchilari Turkum:SSSRda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak bokschilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Boks boʻyicha Osiyo Chempionlari Turkum:Andijon davlat universiteti bitiruvchilari